Oʻqituvchilar foydasiga ustama pullari undirildi
Joriy yilning 17-yanvar kuni Fuqarolik ishlari boʻyicha Xatirchi tuman sudining binosida da’vogar Xatirchi tuman adliya boʻlimining Xatirchi tuman Xalq ta’limi boʻlimiga nisbatan10 nafar oʻqituvchilar foydasiga toʻlanmay qolgan ustama pullarini undirish haqidagi da’vosi koʻrilib, oʻrta umumta’lim maktablarida ishlovchi rus tilidan xalqaro S-1 darajadagi sertifikatiga ega boʻlgan oʻqituvchilarning foydasiga Xalq ta’limi boʻlimidan 43.016.022 soʻm ustama pullarini undirishga qaror qilindi.
Sudda aniqlangan holatlarga koʻra, Xatirchi tuman Xalq ta’limi boʻlimi tomonidan maktablarda rus tilidan xalqaro S-1 darajadagi sertifikat ega boʻlgan oʻqituvchilarga shu vaqtga qadar, belgilangan ustama pullari toʻlab berilmasdan kelingan va bu borada oʻqituvchilarning murojaatlari tuman Xalq ta’limi boʻlimi tomonidan qanoatlantirilmasdan qolgan.
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
19-maydagi PQ-5117 sonli qarorining 5-bandida, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, ta’lim muassasalarining kamida S-1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar oʻqituvchilariga ularning bazaviy tariff stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorda qoʻshimcha ustama haqi toʻlab borilishi belgilangan.
Tuman adliya boʻlimining tashabbusi bilan tuman moliya boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishda, tuman Xalq ta’limi boʻlimi tomonidan 10 nafar oʻqituvchilariga 2021-yil davomida 43.016.022 soʻmlik ustamalar toʻlab berilmaganligi aniqlanib, shu haqida dalolatnoma tuzilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasida “Ish beruvchi oʻzining moliyaviy holatidan qat’iy nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq koʻrsatilgan muddatlarda toʻlashi shart” deb koʻrsatilgan.
Shu kodeksning 275-moddasiga koʻra, ish beruvchi xodimning pul undirishga doir talablarini hech qanday muhlat bilan cheklamay, hamma vaqt uchun qondirishi lozimligi belgilangan.
Sud yuqorida qayd etilgan qonun talablariga koʻra, Xatirchi tuman Xalq ta’limi boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117 sonli qarorining ijrosi ta’minlanmay qolgani bois, javobgar Xatirchi tuman Xalq ta’limi boʻlimidan 10 nafar oʻqituvchilarining foydasiga 43.016.022 soʻmlik ustama pullarini undirib berishni va ularning foydasiga har oy bazaviy tariff stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorda qoʻshimcha ustama haqi toʻlab boorish majburiyati yuklatildi.
B.BABAQULOV Fuqarolik ishlari boʻyicha Xatirchi tuman sudi raisi
Z.UTAMURODOV sudya

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
187 nafar oilalar yarashtirildi
Samarqandda uyi va doʻkoni buzilgan fuqaroga 1,5 milliard soʻmdan koʻproq kompensatsiya undirib berildi
Maktablarga direktorlar tayinlandi
Tilla qazuvchilar zaharlanib halok boʻlishdi
Marg’ilon shahar xalq ta’limi bo’limi mudiri qo’lga olindi
Yolgʻiz ayolga uy berildi
Izohlar (0)