Tilla qazuvchilar zaharlanib halok boʻlishdi

Xatirchi timanidagi “Oltinsoy” togʻ tizmasidan noqonuniy oltin qaziyotgan 4 kishi zaharlanib halok boʻldi, yana 3 kishi tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimiga yotqizildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga koʻra, 12-iyun kuni Xatirchi tumanida yashovchi 7 kishi “Oltinsoy” togʻ tizmasidan tilla qumi qazib olish maqsadida borgan va chuqurlikka tushib, «elektrodvijok»dan chiqqan yoqilgʻi tutunidan zaharlanish oqibatida ularning 4 nafari voqea joyida vafot etgan. Yana 3 nafar fuqaro tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, noqonuniy ravishda tilla qumlarini qazib oluvchilarni aniqlash va bu kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish yuzasidan muntazam ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tadbirlar oʻtkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan tegishli choralar koʻrilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Devor bosib qolishi oqibatida 3 kishi halok boʻldi

Kredit firibgarlari

Samarqandda bog‘cha bolasining tarbiyachi tomonidan kaltaklanganligini prokuratura o‘rganmoqda

Jizzaxda koronavirus testlarini hujjatsiz sotayotgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Tilla baliqdan - oltin ikra

Terrorchilik tashkiloti tarkibiga kirmoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi
Izohlar (0)