Samarqandda uyi va doʻkoni buzilgan fuqaroga 1,5 milliard soʻmdan koʻproq kompensatsiya undirib berildi

Byuroning Samarqand shahar boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatiga koʻra qarzdor Samarqand shahar hokimligi boʻlgan.
Ijro ishi yurituvi davomida qonunning 71-moddasiga asosan davlat ijrochisi tomonidan Samarqand shahar hokimligiga 1 milliard 514 million 919 ming soʻm kompensatsiya pullarini toʻlab berish majburiyati yuklatilgan.
Shuningdek, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasiga koʻra qarzdorlarga ijro hujjatining ijrosini ixtiyoriy ravishda taʼminlash uchun muddat berilgan.
Bu haqda ijro hujjati ijrosini taʼminlash boʻyicha Samarqand shahar hokimligiga eslatma xati yuborilgan. Ijro tadbirlari davomida 1 milliard 514 million 919 ming soʻm kompensatsiya pullari toʻliq undirilib, undiruvchi N.O. ga toʻlab berildi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

QARZDOR KARANTIN EʼLON QILINGANLIGINI RO‘KACH QILIB, SUD QARORINI BAJARISHDAN BOSH TORTIB KELGAN

QARZDORLIK UNDIRIB BERILADI

Farg’onada qarzdor otadan 3500 dollar aliment undirildi

Samarqandda kredit qarzdorligini to’lamagan fuqaro o’zini baland binodan tashlamoqchi bo’ldi

Oʻzbekistonda mahkumlarga ham OTMga kirish va onlayn taʼlim olish imkoni beriladi

Ayol oʻziga oʻt qoʻymoqchi boʻldi
Izohlar (0)