187 nafar oilalar yarashtirildi
Bola huquqlari va ularning manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida qarzdor “otalar”dan alimentni undirish bilan bog‘liq ijro ishlariga alohida mas'uliyat bilan qaralmoqda.
Byuroning Karmana tuman bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan R.M.dan undiruvchi M.Q foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun to‘lanmay qolgan 47 mln. 184 ming so‘mundirib berildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor Y.A.dan undiruvchi N.J foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti uchun oldindan 2021 yil sentyabr oyidan 2027 yil yanvar oyiga qadar 73.809.968 so‘m aliment pullari undirib berilishi ta'minlandi.
O‘tgan davrda tumanda bunday tadbirlar natijasida 1.542 nafar qarzdorlardan aliment pullari to‘liq undirildi.
Farzandning munosib ulg‘ayishi, moddiy va ma'naviy ta'minoti hamda barkamol voyaga yetishlari uchun oila qurib ajrashgan 187 nafar oilalar yarashtirildi.
Jazo chorasi sifatida aliment pulini to‘lashdan buyin tovlagan 50 nafar qarzdor otalarga nisbatan ma'muriy qamoq jazosi, 1 nafariga nisbatan jinoiy jazo choralari qo‘llanildi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
QARZDOR KARANTIN EʼLON QILINGANLIGINI RO‘KACH QILIB, SUD QARORINI BAJARISHDAN BOSH TORTIB KELGAN
Samarqandda uyi va doʻkoni buzilgan fuqaroga 1,5 milliard soʻmdan koʻproq kompensatsiya undirib berildi
QARZDORLIK UNDIRIB BERILADI
Farg’onada qarzdor otadan 3500 dollar aliment undirildi
Buxorolik fuqaro MIB xodimiga qarshilik ko’rsatgani uchun javobgarlikka tortildi
KARMANALIK TADBIRKORGA 447 MILLION SO‘MDAN ORTIQ PUL MABLAG‘LARI UNDIRIB BERILDI
Izohlar (0)