Yolgʻiz ayolga uy berildi
Dildora Hayitova turmush oʻrtogʻi va farzandidan ayrilib ilojsiz qoladi. Yolgʻizlikdan birovlardan yordam soʻrashga iymanib, oshxonalarda idish-tovoq yuvib yuradi. Topgan puli roʻzgʻorning kam-koʻstidan ortmaydi, noturar joylarda yashab yuradi.
Dildora Hayitova Xatirchi tuman Adliya boʻlimiga uy va ish soʻrab murojaat qiladi.
Xatirchi tuman Adliya boʻlimi va hamkor tashkilotlar yordamida ayolga barcha qulayliklarga ega uy beriladi.
- Juda katta yordam qildi. Juda qiynalayotgan edim. Farzandlarim ham qachon bizning uyimiz boʻladi deb koʻp soʻrardi, - deydi D. Hayitova
Tuman bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan anchadan buyon ishsiz boʻlgan D. Hayitova tekistil fabrikasiga ishga joylashtiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)