Davlat grаnti uchun tanlov
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi komissiyasining 2021-yil 2-apreldagi № 5-yigʻilish bayonnomasi qaroriga koʻra
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi
“Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlashda NNTlar loyihalarini qoʻllab-quvvatlash” mavzusida
Davlat granti uchun 1- tanlovni eʼlon qiladi
Tanlovda davlat roʻyxati va hisob roʻyxatidan oʻtgan fuqarolik jamiyati institutlarining quyidagi yoʻnalish (nominatsiya)lardagi loyihalari koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovan yashaylik”.
2. Mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlar, oʻz joniga qasd qilish, giyohvandlik, erta nikohning oldini olishda davlat organlari, OAVlari bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish.
3. “Hunarli kishi hor boʻlmas” gʻoyasi asosida “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan yoshlarni kasb hunarga oʻrgatish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va bandligini taʼminlash.
4. “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. Tadbirkorlik, oʻzini oʻzi band qilmoqchi boʻlgan kambagʻal fuqarolarga davlat organlari bilan birgalikda yordam koʻrsatish.
5. Aholini, ayniqsa yoshlarni giyohvandlik, ahloqsizlik va zararli taʼsirdan himoya qilishda davlat organlari,taʼlim muassasasi, adliya va prokuratura hamda IIBlar, oila va mahalla institutlari, OAVlari bilan ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish.
6. Notinch va noqobil oilalar bilan ishlash, oilada ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarni oldini olishga, oilada sogʻlom maʼnaviy muhitni taʼminlashga koʻmaklashish.
7. Mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga, murosasizlik muhitini shakllanishiga koʻmaklashish, ijtimoiy sheriklik asosida obod va xavfsiz mahallani tashkil etishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish.
8. Noqonuniy mehnat migratsiyasidan, majburiy mehnat va kamsitishlardan jabrlangan shaxslarni huquqiy va ijtimoiy himoyalash, tizimli profilaktik targʻibot-tashviqot va reabilitatsiya qilish.
9. Aholi bandligini taʼminlash maqsadida hududlarda ijtimoiy va maishiy infratuzulmani yaratishga, oilaviy biznes, xususiy tadbirkorlik, kasanachilik, xalq hunarmandchiligi rivojlantirishga hamda aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilashga koʻmaklashish.
10. Davlat organlari va biznes subyektlari bilan hamkorlikda yoshlar, ayollar va yosh oilalarning bandligini taʼminlash.
11. Nogironlarga va nogiron farzandlari boʻlgan oilalarni ijtimoiy qoʻllab quvvatlash, ular turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish.
12. Davlat mablagʻlari hisobidan ishsiz fuqarolar, kambagʻal oilalarga koʻrsatilan moddiy yordam va ajratilgan subsidiyalarning manzilli ajratilganligini jamoat nazorati oʻtkazish hamda OAV orqali keng jamoatchilikka yetkazish.
13. Kam taʼminlangan va kambagʻal oilalarning huquqiy savodxonligini oshirish va bepul yuridik maslaxat berish.
14. “Obod va xavfsiz mahalla”, “mahallabay” oʻrganish, aniqlash, ijtimoiy-maishiy muammolarni bartaraf etish, huquqbuzarlik profilaktikasi va jamoat xavfsizliggini taʼminlashda OAV rolini oshirish.
Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
2. Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining Navoiy jamoat fondi telegram kanalida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
3. Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
4. Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qoʻllab-quvvatlash xatlari.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 30 000 000 soʻmgacha.
Hujjatlarni qabul qilish 2021-yil 6-aprelidan 6-maygacha har kuni soat 9-30 dan 18-00 gacha qabul qilinadi. Shanba va yakshanba kunlari bundan mustasno.
Tanlov boʻyicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 format): Navoiy shahri, 210100. S.Ayniy koʻchasi, 34-uy manzilida joylashgan Doʻstlik va nodavlat notijorat oʻyining 3- qavatida joylashgan Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi nomiga yuborilishi shart.
Tanlov shartlari va taqdim etilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar toʻgʻrisida Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab quvvatlash Jamoat Fondining Telegrammdagi “Navoiy jamoat fondi” gruppasida tanishish mumkin.
Maʼlumot uchun tel: 78-770-28-87
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi
“Maʼnan yetuk va yuksak maʼrifatli yosh avlodni tarbiyalashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish” mavzusida
Davlat granti uchun 2-tanlovni eʼlon qiladi
Tanlovda davlat roʻyxati va hisob roʻyxatidan oʻtgan fukarolik jamiyati institutlarining quyidagi yoʻnalish (nominatsiya)lardagi loyihalari koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi:
1. Yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʻoyalari va loyihalarini amalga oshirishga, band boʻlmagan ishsiz yoshlarni foydali mehnat faoliyatiga oʻrgatish va bandligi taʼminlashga koʻmaklashish;
2. Yoshlarning intellektual salohiyatlarini yuksaltirish, ularning innovatsion fikrlashini, kashfiyotchilik, ratsionalizatorlik gʻoyalar va nau-xaularni ishlab chiqishga yoʻnaltirish;
3. Oʻsib kelayotgan yosh avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga koʻmaklashish, ona Vatanga muhabbat, buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi immunitetlarni yanada kuchaytirishda OAVlari bilan hamkorlikda ishlash ;
4. OAVlari bilan hamkorlikda yoshlarni yurtga sadoqat, madaniy merosga hurmat tuygʻularini mustahkamlashga, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga, ularni ommaviy madaniyatning salbiy illatlari taʼsiridan himoya qilishga koʻmaklashish;
5. Yoshlarning keng koʻlamli ijtimoiy muammolarini hal qilishga, ularning tashabbuslari va zamonaviy gʻoyalarini ilgari surishga qaratilgan loyihalarini qoʻllab-quvvatlash;
6. Yoshlar orasida kitob oʻqish madaniyatini shakllantirish va aholi keng qatlamlari oʻrtasida targʻib etish;
7. Davlat organlari, OAVlari, adliya, prokuratura, IIBlar hamkorligida oʻsmirlar, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga, “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida keng targʻibot ishlarini amalga oshirishda zamonaviy innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish;
8. Yaqin qarindoshlar va yoshlar oʻrtasida erta nikohni, oilada ijtimoiy-maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi, nizoli vaziyatlarni oldini olishga, sogʻlom maʼnaviy muhitni taʼminlashga koʻmaklashish;
9. Oʻsib kelayotgan yosh avlodda ota-onani, keksalarni hurmat qilish, eʼzozlash va ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatish tuygʻusini shakllantirish;
10. Yoshlarni, ayniqsa yosh qizlarni, yosh oilalarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikni tashkil etishiga koʻmaklashish;
Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
2. Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining Navoiy jamoat fondi telegram kanalida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
3. Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
4. Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qoʻllab-quvvatlash xatlari.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 30 000 000 soʻmgacha.
Hujjatlarni qabul qilish 2021-yil 6-apreldan 6-maygacha har kuni soat 9-30 dan 18-00 gacha qabul qilinadi. Shanba va yakshanba kunlari bundan mustasno.
Tanlov boʻyicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 format): Navoiy shahri, 210100. S.Ayniy koʻchasi, 34-uy manzilida joylashgan Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi yoki (mahalliy kengash huzuridagi Jamoat fondining pochta manzili) nomiga yuborilishi shart.
Tanlov shartlari va taqdim etilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar toʻgʻrisida Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab quvvatlash Jamoat Fondining Telegrammdagi “Navoiy jamoat fondi” gruppasida tanishish mumkin
Maʼlumot uchun tel: 78-770-28-87
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
NAVOIY VILOYATIDA 2021-YILDA IJTIMOIY SOHADA QANDAY YIRIK LOYIHALAR AMALGA OSHIRILADI?
Ayrim maktablar xususiy sektor boshqaruviga topshiriladi
“Open public service” tadbirida
«OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI»
Ayollarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslar
"OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI". SHAVKAT MIRZIYOYEV SO‘Z ERKINLIGI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HAQIDA
Izohlar (0)