Ishga kiritish bilan bog'liq firibgarlik holati aniqlandi
Bosh prokuratura Departamentning Uchquduq tuman bo'limi tomonidan prokuratura, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.M. boshqa bir fuqaro A.ni tanishlari yordamida “Auminzo-amantay” konidagi 5-gidrometallurgiya zavodiga ishga kiritib qo'yish evaziga 5 000 AQSh dollarini firibgarlik yo'li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)