QIZIQARLI MAʻLUMOTLAR
Hech oʻylab koʻrganmisiz: aksariyat hollarda tamaddi qilib bo‘lgach, uyqumiz keladi. Buning sababi nimada?
Ovqatdan soʻng miyamiz uxlashni xohlashini bilasizmi?
Manchester universiteti mutaxassislarining aniqlik kiritishicha, bedorlik holatiga javobgar boʻlgan miya hujayralari ovqatdan soʻng aktiv boʻlmas ekan.
Miyaning toʻxtashi qonda glyukoza darajasi koʻtarilishi va baʼzi miya hujayralari tanamizni hushyor tutadigan signallarni yuborishni toʻxtatishi sababli sodir boʻladi.
Kosmonavtlar Yerga qaytib kelgach, darhol yurib ketolmasligi haqida eshitganmisiz? Ha, bu toʻgʻri maʼlumot.Kosmonavtlar Yerga qaytib kelganidan so‘ng, darhol oyoqqa turolmaydilar, chunki ular vaznsizlikka odatlanib qolgan bo‘lishadi.Ularning tanalari tortishish kuchiga ega bo‘lish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi.
Suratdagi qahramonlar shodon bolaligimiz kuychilari. Ular bilan birga ulgʻaydik, birga oʻsdik, ular bizning sevimli qahramonlarimiz. Ushbu multfilmlar oynayi jahon orqali yana qayta efirga uzatilsa, haligacha sevib tomosha qilamiz. Suratga sinchkovlik bilan nazar solinsa, qahramonlarimiz barmoqlari soni toʻrtta ekanligining guvohi boʻlamiz. Qiziq, buning sababi nimada ekan?
Haqiqat shundaki, besh barmoqli qoʻlni chizish uning soddalashtirilgan versiyasiga qaraganda biroz qiyinroq. Kadrlar boʻyicha animatsiya haqida gap ketganda, qoʻshimcha barmoq juda katta hajmdagi animator ishini talab qiladi.
Aynan shu sababli taniqli tadbirkor Uolt Disney oʻz qahramonlarining barmoqlarini kamaytirgan va shu bilan juda koʻp pulni tejashga muvaffaq boʻlgan. Bu gʻoya shunchalik yaxshi boʻlib chiqdiki, koʻpgina multfilm qahramonlari 4 ta barmoq bilan chizila boshlandi.
Gulshoda NORTOJIYEVA