NAVOIY: SENTOB QISHLOG‘IGA FOTOSAYOHAT
Tasvirlab bo‘lmas toza havo, qushlarning tinimsiz sayrashi, atrofda uchib yuruvchi xonqizilar, kechki shafaq, tog‘ jilg‘asining shildirashi, gullar ifori, insonlarga xizmat qilayotgan eshaklar, do‘stona aholi, kechalari yulduzlarga to‘la osmon... Ehtimol, bu Nurota tog‘laridagi qishloqning diqqatga sazovor jihatlarining bir qismidir
Navoiy viloyatining Nurota tumani markazidan 120 kilometr uzoqda joylashgan Sentob qishlog‘i hududdagi diqqatga sazovor joylardan biridir. Qariyb 3 ming aholi istiqomat qiladigan bu qishloq so‘lim tabiati, qadim sivilizatsiya maskanlaridan biri ekani bilan doimo mahalliy va xorijlik sayyohlar eʼtiborida bo‘lib keladi. Sentob qishlog‘i o‘zining qadim tarixi, madaniy-merosi, o‘tmishi, milliy qadriyatlari va urf-odatlarining bugungi kunga qadar saqlanib qolganligi bilan etnik qishloq bo‘lib sanaladi.
Sentob qishlog‘i Aydarko‘ldan 30 km masofa narida joylashgan bo‘lib, shahar g‘ala-g‘ovuridan charchagan har bir kishi uchun qutqaruv aylanasi o‘rnida xizmat qila oladi.
Bu joylar turli xil hayvonlar, qushlar va hasharotlarga boy, ulardan ayrimlari Qizil kitobga ham kiritilgan. Shuningdek, flora va faunada yagona bo‘lgan namoyandalar ham uchraydi. Qishloq bo‘ylab sayr qilarkansiz, noyob va puxta o‘ylab qurilgan qadimiy shaharga tushib qolganday bo‘lasiz.
Qoya toshlarga ishlangan V-VI asrlarga oid petrogliflar, tog‘ tepasidagi ko‘hna qo‘rg‘on qoldiqlari, XI-XVIII asrlarga oid toshga o‘yilgan yozuvlar hamda qishloqning eng yuqori nuqtasidagi Fozilmon ko‘li manzaralari kishida hayrat uyg‘otadi. Jumladan Sentob qishlog‘idan 12 km uzoqlikdagi “Qora tog‘” qoyatoshlarida ko‘plab ko‘hi uslubdagi arab grafikasidagi yozuvlar, Qurʼon oyatlaridan fragmentlar hamda qadimiy qo‘rg‘onlar ko‘plab uchraydi.
Sentob qishlog‘ida Sentob suv ombori, Qadimiy karvonsaroylar, "Xo‘ja Porsho", "Xo‘ja Mahmad Savrato" ziyoratgohlari, Zardushtiylik din o‘choqlaridan biri qadimiy Ibodatxona, "Chashmai ako" bulog‘i, qadimiy qalʼalar, mavjud tarixiy obʼektlar piktorgraflar, arab grafikasidagi ko‘hi yozuvlari, tog‘ toshlaridan qurilgan uylar, o‘ziga xos tog‘li hudud arxitekturasining saqlanib qolganligi muhim tarixiy ahamiyatga ega.
Shuningdek, mazkur hududda sayyohlarning mazmunli dam olishlarini taʼminlash maqsadida xonadonlarda hunarmandchilik maskani va kichik muzeylar tashkil etilgan. Sayyohlar uchun umumiy ovqatlanish va yotoqdan tashqari otda, eshakda tog‘lar bo‘ylab sayohatlarini tashkil etish xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan.
Sentobning boshqa tog‘li hududlardan farqli jihati ushbu hududdan qariyb 20 kilometr tog‘ bo‘ylab ko‘tarilganda, yayov yurilganda esa to‘rt yarim soatlik yo‘lda ko‘l mavjud. Mazkur ko‘l suv sathidan 1650 metr balandlikda (bu esa Eyfel' minorasidan besh barobarga ko‘p degani), tog‘ning ustki qismida umumiy maydoni 18 km bo‘lgan tabiiy ko‘l Fozilmon ko‘lining mavjudligi.
Fozilmon ko‘li buyuk rassom — tabiatning biz insonlarga betakror tuhfasidir. Qolaversa, mazkur ko‘l o‘z bag‘rida ko‘plab afsonayu rivoyatlarni saqlab kelyapti. Bu go‘zalliklarni ko‘rib, ularni kezgan insonning ona tabiatga bo‘lgan munosabati, qarashi yaxshi tomonga qarab o‘zgarishi aniq.
Barchangizni Sentob qishlog‘iga bo‘ladigan unutilmas sayohatga taklif etamiz!

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
KORONAVIRUS UCHUN 3 TA VAKTSINANI SOLISHTIRAMIZ: QAYSI SAMARALIROQ?
QUYOSH BATAREYALARIDAN FOYDALANISH VAQTI KELMADIMI?
O‘G‘IRLIK TUFAYLI U BIR QATOR BAXTSIZLIKLARNI BOSHDAN KECHIRGAN
FILLAR AJOYIB SUZUVCHILAR
PLASTIK KARTA FIRIBGARI
Izohlar (0)