Yangi uylаr foydаlаnishgа topshirildi
Navoiy shahrida yana bir zamonaviy, koʼrkam bino qad rostladi. «Zarafshan Golden group» kompaniyasi tomonidan qurilgan koʼp qavatli turar-joy binosi yangi uyga ega boʼlgan yuzlab oilalarning quvonchiga sabab boʼldi.
Kompaniyaning asosiy faoliyati boʼlgan koʼp qavatli turar-joy binolari tiklashda yillar davomida boy tajriba toʼplandi. 2019 yilda 500 ta, 2020 yilda esa jami 800 dan ortiq xonadondan iborat turar-joy binolari qurib foydalanishga topshirildi. 2021 yilda 650 dan ortiq xonadondan iborat koʼp qavatli uylar tiklanishi koʼzda tutilgan boʼlib, ushbu jarayon bosqichma-bosqich oʼzining samarasini bermoqda.
Joriy yil 6 aprel kuni Navoiy shahrida bunyod etilgan arxitektura va shaharsozlik talablariga mos keluvchi 7 qavatli binoning topshirilish marosimi yangi uyga koʼchib oʼtuvchilarning qalbida unutilmas lahzalarni muhrladi. 300 nafardan ortiq aholi yigʼilgan tadbir bayramga aylanib ketdi. Karnay-surnay sadolari, soʼzga chiqqanlarning yaxshi niyat va tilaklari yangi hayot, yangi orzu va maqsadlarning daragini berdi.
Tadbirda Navoiy viloyat hokimi Tursunov Qobil Beknazarovich, «Zarafshan Golden group» kompaniyasi taʼsisichisi, senator Fayziev Ulugʼbek Ganievich, mahalla faollari, kompaniya ishchi-xodimlari va xonadon egalari ishtirok etdi.
Ochilish marosimini Navoiy viloyat hokimi Tursunov Qobil Beknazarovich kirish soʼzi bilan ochib berdi. Notiq, yurtimizda qurilish sohasida olib borilayotgan islohotlar, erishilgan yutuqlar xalqimizning faravon hayoti uchun xizmat qilishini alohida taʼkidlab oʼtdi.
Tadbir davomida qurilishda jonbozlik koʼrsatgan mohir quruvchi va ishchilarga toʼn kiydirildi. Xonadon egalariga xonadon kalitlari tantanali taqdim etildi. Shuningdek, muborak ramazon oyi arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida kompaniya tomonidan 10 ta fuqaroga mikro toʼlqinli pech, 2 ta nogironlik aravachasi va 20 bosh kichik shoxli chorva mollari bepul tarqatildi.
Shaharda yangi qad rostlagan koʼpqavatli binoning kirish qismiga oʼrnatilgan lenta tantanali kesilib zamonaviy, shinam uylarga egalari tashrif buyurdi.Ushbu bino, oldingi binolardan farqli jihati aksariyat qurilish mahsulotlari kompaniya tomonidan ishlab chiqarilganligi boʼlsa, tashqi fasadi tabiiy toshlari bilan qoplangani eʼtiborni tortadi. 6-7 qavatlarida 8 ta pentxaus oʼrnatilgan. Qoʼshimcha qulayliklar, jumladan, zamonaviy bolalar maydonchasi, avtomobillar uchun alohida joylar hamda hordiq chiqarish uchun ayvonchalar oʼrnatib berilgan.
Shuningdek, ushbu bino shaharning eng qulay joyida joylashganligidir. Biznes markaz hamda oilaviy poliklinika, “Prezident maktabi”, mehmonxona, restoran, sogʼlomlashtirish markazlari, koʼngil ochar bogʼlar va koʼlning yaqin joylashganligi yana bir muhim jixatidir.
Muhimi, bugun yuzlab yosh oilalar qulay yashash sharoitlariga ega oʼz uyiga ega boʼldi.
Hilola ISMATOVA
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Nukusda qurilayotgan koʻp qavatli uylar nima sababdan buzib tashlandi?
Jizzaxda qulagan binoning yonidagisi ham omonat turgani ma’lum bo‘ldi
Jizzaxda qurilayotgan koʻp qavatli uy qulab tushdi
39 qavatli mehmonxona portlatildi
430 yoshli uy
Oʻzbekistondagi 5476 ta koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlar taʼmirtalab holga kelib qolgan
Izohlar (0)