Oʻzbekistondagi 5476 ta koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlar taʼmirtalab holga kelib qolgan

Unitar korxona faoliyati davomida umumiy uzunligi 140 kilometrdan ziyod 1424 ta koʻprik, yoʻl oʻtkazgich va tunnel qurib bitkazilgan. Umumiy uzunligi 13 kilometrli 270 ta sunʼiy inshoot barpo etilgan.
Xatlov natijalariga koʻra respublika hududidagi mavjud koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlarning umumiy soni 14 446 donani tashkil etadi. Ushbu koʻpriklarning texnik holati vizual oʻrganilganda 5 476 tasi taʼmirtalab ekanligi aniqlandi.
Taʼkidlanishicha, aksariyat taʼmirtalab koʻpriklar ancha oldin qurilgan boʻlib, ushbu koʻpriklarning bugungi kunda yuk transport vositalarini koʻtarish qobiliyatiga mos kelmaydi.
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan 2020-yilda 100 dan ortiq koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlarni taʼmirlash ishlari bajarilib, foydalanishga topshirildi.
Qayd etilishicha, 2021-yilda ushbu koʻrsatkichlarni bir baravarga koʻtarish rejalashtirilgan boʻlib, 200 dan ortiq koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlarni taʼmirlash ishlarini amalga oshirilishi koʻzda tutilmoqda.
Mazkur taʼmirtalab va yaroqsiz koʻpriklarni taʼmirlash ishlari uchun dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, jami 16 trillion soʻm miqdorda mablagʻ talab etiladi, deb xabar beradi daryo.uz.
Foto: “Daryo”
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

“Afrosiyob” tezyurar poyezdiga tosh otgan bezori aniqlandi

Oʻzbekistonda 2020-yilda bitiruvchilari OTMga kirmagan maktablar soni maʼlum boʻldi

Yerga yaqin masofada uchib oʻtadigan asteroid sayyoramiz uchun qanday xavf tugʻdiradi?

JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 12 mingdan ortiq bemor vafot etdi

2020-yilda Oʻzbekistonda eng koʻp nikoh qayd etilgan viloyatlar maʼlum boʻldi

Nega Buxoro boshqa viloyatlardan 10 yil orqada qolyapti?
Izohlar (0)