“AVTOAVARIYA”LARNI ASOSAN YOSH HAYDOVCHILAR SODIR ETMOQDA
Yo‘l-harakati xavfsizligi sohasida ham fotoradardar, bodikameralar bilan bir qatorda maxsus planshetlardan ma’muriy javobgarlik ixtisoslashtirilgan mobil qurilma (planshet)larda onlayn tarzda qayd etilmoqda.. Ba’zi holatlarda avtomobil egasi bo‘lmagan taqdirda ham avtoulovning davlat raqami asosida bayonnoma rasmiylashtirilishi mumkin.
Shuningdek, jarimani plastik kartochka orqali planshet yordamida to‘lashlari ham mumkin. Viloyatda planeshetlar yordamida kuniga o‘rtacha 500 ta qoidabuzarlik qayd etilmoqda.
Ammo ochig‘ini aytish kerak mazkur jarayonlar ham yo‘l-transport hodisalarining oldini sezilarli darajada olishga turtki bermayapti. Boisi, bu nafaqat yo‘l nozirlari, balki yo‘lda yurgan har bir kishiga ta’luqli masala.
TAKSI UYUSHMALARI QAERGA QARAYAPTI?
Sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalari tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, tezlikni oshirish, svetaforni qizil chirog‘iga amal qilmaslik, piyodani o‘tkazmaslik, mast holda transport vositasini boshqarish, harakat ishtirokchilarning yo‘l harakati qoidalarini bilmasligi, shuningdek, avtoulov haydovchilarining bir-birini mensimasligi kabi omillar turli fojealarga sabab bo‘lmoqda.
Birgina Navoiy shahri hududi misolida aytadigan bo‘lsak, o‘tgan 8 oy ichida 27 ta yo‘l-transport hodisasi yuzaga kelgan. Afsuski shundan 5 tasi o‘lim bilan bog‘liq. Qolaversa, 25 nafar harakat ishtirokchisi turli xildagi tan jarohati olgan.
Umumiy yo‘l-transport hodisalarining piyodalar ishtirokidagi salmog‘i yuqoriligicha qolmoqda: YTHning 62,9 foizi yoki 17 tasi piyodalarni urib ketish bilan bog‘liq. Natijada 2 nafar piyoda halok bo‘lgan. Shuningdek, haydovchilar tomonidan svetaforning qizil chiroqlariga amal qilmasliklari natijasida vtomashinalarning to‘qnashuvi bilan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari natijasida ham 2 nafar yo‘lovchi tan jarohati olib vafot etgan.
Bu kabi qoidabuzarliklarning aksariyati 1 yildan 2 yilgacha ish tajribasiga ega yoki 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan haydovchilar tomonidan sodir etilmoqda. Ayniqsa, aholiga yo‘lovchi tashish xizmati ko‘rsatib kelayotgan taksi haydovchilarining bunda “ulushi” ko‘p. Bundan ko‘rinadiki, taksi uyushmalari rahbarlari o‘zlariga a’zo qilgan haydovchilarning yo‘ldagi intizomini mustahkamlash borasidagi ishlarini yana jonlantirishi zarur. Ular yo‘lovchi tashish xizmati ko‘rsatmoqchi bo‘lganlarni uyushmaga a’zolikka qabul qilayotganda qanday me’yorlarni inobatga oladi? Ish tajriba hamda xulq-atvor inobatga olinadimi yo‘qmi?
VELOSIPEDCHILAR HAM AMALDAGI QOIDALARDAN XABARDOR BO‘LISHI SHART
Yo‘l-transport hodisasini velosiped haydovchilari ham ko‘plab sodir etmoqda. Yo‘lda velosipedni boshqarish 14 yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslargagina ruxsat etiladi. Velosipedlar yo‘lning chetki o‘ng bo‘lagida imkoni boricha o‘ng tomonidan bir qator bo‘lib harakatlanishiga yo‘l qo‘yiladi. Yo‘lning qatnov qismida harakatlanishda velosipedchilar to‘dasi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaydigan hamda ularni quvib o‘tishni osonlashtiradigan guruhlarga bo‘linishi kerak.
Biroq velosiped haydovchilarining svetaforning qizil chiroqlariga rioya qilmasdan chorrahadan o‘tishi, yo‘lning chetki qismida guruh bo‘lib harakatlanishi, mast holda velosipedlarni boshqarishlari, qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda harakatlanganda oq rangli chiroq yoki ikkita nur qaytargich, orqa tomoniga esa qizil rangli chiroq yoki ikkita nur qaytargich o‘rnatmasdan harakatlanishi va ularning tartibsiz harakatlari tez-tez ko‘zga tashlanmoqda. Masalan joriy yilning 25 avgust kuni taxminan soat 07:30 lar chamasi Navoiy shahrining Imom al-Buxoriy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan “Lada” rusumli avtomobil haydovchisi qarma-qarshi tomondan kelayotgan mast holatdagi velosipedchi yo‘l o‘rtasiga chiqib ketishi oqibatida YTH yuzaga kelgan hamda velosiped egasi og‘ir tan jarohati olib, kasalxonada ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan halok bo‘lgan. Bunday holatlar esa viloyatimizda bir necha marotaba kuzatildi.
XULOSA O‘ZINGIZDAN...
Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish uchun esa nafaqat mas'ul organlar, bakli yo‘lovchi va yuk tashish xizmati bilan shug‘ullanuvchi idoralar rahbarlari, qolaversa korxona-tashkilot hamda muassalar rahbarlarining ham mas'uliyati oshishi lozim. Yo‘llarda yo‘lovchi yoki haydovchi sifatida bo‘ladi – barcha bir-birini hurmat qilgan holda, tegishli qoidalarga to‘liq amal qilishi zarur. Ayniqsa, yosh haydovchilar “yoshlik – qiziqqonlik”ka berilmay, sabr-toqat bilan, haydovchilik madaniyatiga to‘liq rioya qilishi shart. Shundagina OAV yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali har kuni qaerdadir mudhish avtoavariya sodir bo‘lganligi haqidagi sovuq xabarlarga kamroq guvoh bo‘lamiz.
Zero, yo‘llar – taqdirlar tutashgan manzil. Xato qilib kimlarningdir bevaqt o‘limi yoki mayib-majruh bo‘lib qolishiga sabab bo‘lmaylik.
Aziz SHARIPOV,
Navoiy viloyat IIB YHXB mas’ul xodimi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
YANGI YILNI XAVFSIZ KUTIB OLAYLIK!
TOSHKENTDA YUK MASHINALARINING HARAKAT VAQTI CHEKLANADI
DEPUTАTLАRNING HАYDOVCHILАR FOYDАSIGА TАSHАBBUSI
PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV QISHGA TAYYORGARLIKDA YO‘L QO‘YILGAN KAMCHILIKLARNI TANQID QILDI
KORONAVIRUS UCHUN 3 TA VAKTSINANI SOLISHTIRAMIZ: QAYSI SAMARALIROQ?
TUNDAGI O‘G‘RILIK
Izohlar (0)