Yoshlar ijodi
Qoʻlga qalam ushlatgan,
Alifbeni oʻrgatgan,
Mehrini ayamagan,
Ustozlarga tashakkur.
Shogirdga dalda bergan,
Yutugʻin olqishlagan,
Mehrin quyoshdek sochgan,
Ustozlarga tashakkur.
Kechayu kunduz demay,
Mehnatini ayamay,
Ilm sari undagan,
Ustozlarga tashakkur.
Bahora XUDOYBERDIYEVA,
Navoiy shahridagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchisi.
KITOBLAR BAHSI
Bir kuni kitoblar
Bahslashib qoldi.
Oʻrtaga bir
Masala soldi.
“Men zoʻrman” –der
Bu – botanika.
“Men sendan zoʻrroq”,
Deydi fizika.
Ikkalang ham eng
Zoʻr emassanlar
Bizlar eng zoʻrmiz,
Der barcha tillar Tobora jang
Avj ola bordi,
Bularni tinglab
Tarix ham toldi.
“Urushmang doʻstlarim,
Boʻldi, bas qiling.
Yaxshisi hammangiz
Ahil doʻst boʻling.
Kitoblar barchasi
Bu ishlaridan,
Qilgan bu yomon
Qilmishlaridan.
Uyaldilar rosa
Barcha kitobdan
Bu hikoya boshlanar
Tartib-odobdan.
Zarina ALLABERDIYEVA,
Navoiy shahridagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchisi.
ONAMGA MAKTUB
Assalom, onajon, yuribsizmi tinch,
Oʻzimdan ham ortib borolmayman hech,
Ishlar tugaguncha boʻlib ketar kech,
Bugun koʻzlaringiz sogʻindim, onam.
Ertaga zoʻr manti qilib boraman,
Ish oʻlsin yoningizda bir kun qolaman,
Sizni deya doim oʻyga tolaman,
Bugun yuzlaringiz sogʻindim onam.
Bir kun bagʻringizda miriqib yotay
Chin dilimdan kulib xandonlar otay.
Men ham xizmatingiz bajarib ketay,
Bugun oʻzingizni sogʻindim onam.
Malika FAYZIQULOVA,
Navoiy shahridagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabining
8-sinf oʻquvchisi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)