«OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI»
SHAVKAT MIRZIYOYEV SO‘Z ERKINLIGI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HAQIDA
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr, seshanba kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida ommaviy axborot vositalari mamlakatdagi nafaqat ijobiy o‘zgarishlarni yoritib, balki dolzarb muammolarni ko‘targan holda tobora “to‘rtinchi hokimiyat”ga aylanib bormoqda, dedi.
“Achchiq va tanqidiy materiallar joylardagi ko‘plab amaldorlarga yoqmasligi, ularning tinchini va halovatini buzayotgani ham bor gap. Lekin oshkoralik va so‘z erkinligi — bu davr talabi, bu O‘zbekistondagi islohotlarning talabi”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.
“Biz o‘tgan to‘rt yil davomida jamiyatimizda oshkoralik va ochiqlik, so‘z erkinligi muhitida yashash va ishlashga asta-sekin o‘rganib borayapmiz. Adolatli jurnalist va blogerlarning tanqidiy chiqishlari eskicha qolipda ishlaydigan rahbarlarning faoliyatidagi xato-kamchiliklarni ko‘rsatib, ularni ish uslubini o‘zgartirish va mas’uliyatini oshirishga majbur qilmoqda”, — deya ta’kidlaydi davlat rahbari.
Prezident bundan buyon har bir davlat organi o‘z kundalik faoliyatida ommaviy axborot vositalari bilan yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi zarur va shartligi bo‘yicha topshiriq bergan.
Shavkat Mirziyoyev OAVni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish maqsadida Prezident administratsiyasi huzurida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etilganini eslatib o‘tdi.
“Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish, ularni yanada rivojlantirish, mustaqil faoliyat yuritishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida agentlik faoliyatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish lozim, deb hisoblayman”, — dedi davlat rahbari.
Davlat rahbari, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.
“Nodavlat notijorat tashkilotlar ijtimoiy buyurtma asosida mahalliy darajadagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni chuqur tahlil qilish, hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularning bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlashga keng jalb qilinadi. Bunday o‘zaro aloqalar birinchi navbatda ta’lim, madaniyat, tibbiyot, ekologiya, qurilish, kadastrni ro‘yxatdan o‘tkazish, transport, kommunal xizmatlar, bandlik, ijtimoiy xizmatlar kabi sohalarda keng amalga oshirilishi kerak”, — deya taklif bildiradi Shavkat Mirziyoyev.
2021-yilda ushbu ishni tashkillashtirishga budjetdan 60 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
Shuningdek, Prezident Qonunchilik palatasida nodavlat notijorat tashkilotlarining doimiy vakili institutini tashkil etish taklifini bildirdi. U parlament quyi palatasining yig‘ilishlarida ishtirok etadi, samarali jamoatchilik nazorati va ijtimoiy sheriklik masalalari qabul qilingan qonunlarda qanday aks ettirilishi to‘g‘risida takliflar kiritadi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV QISHGA TAYYORGARLIKDA YO‘L QO‘YILGAN KAMCHILIKLARNI TANQID QILDI
Yil yakuni uchun mutolaa: Bill Geyts 5ta kitobni tavsiya qildi
“AVTOAVARIYA”LARNI ASOSAN YOSH HAYDOVCHILAR SODIR ETMOQDA
JORIY YILDA IS GAZIDAN VAFOT ETGANLAR BOR
NAVOIY – FAXRIMSAN MENING!
Izohlar (0)