Buxoroda homilador ayol hali tug‘ilmagan bolasini 50 million so‘mga sotishga urindi

IIV huzuridagi Tergov departamentining xabariga ko‘ra, M.R. suhbat davomida F.E.ga homilador ekanini, to‘rt oylik homilasi borligi va moddiy jihatdan qiynalayotgani, kelgusida tug‘ilajak farzandini moddiy tomondan taʼminlay olmasligini, farzandini dunyoga keltirgandan so‘ng sotish niyati borligini maʼlum qilgan hamda F.E.ga to‘rt oylik homilasini sog‘lom holda tug‘ib, 50 000 000 so‘m evaziga sotishni taklif qilib, oldindan avans tariqasida 25 000 000 so‘m so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 135-moddasi 1-qismi (odam savdosiga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida M.R. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

NUKUS SHAHRIDA YOʻLNI TOʻSIB QOʻYGAN AYOLLARNING 591 MLN SOʻMLIK TOʻLANMAGAN ISH HAQI BUGUN TOʻLIQ BERILADI

Buxoroda yuk mashina yukxonasidagi issiq asfalt bilan fuqaroning ustiga ag‘darildi

Is gazidan ogoh bo‘ling

Qoʻlga kiritgan pullarni oʻz manfaati yoʻlida sarflab yuborgan

MARSHAL OROLLARIDA QOLIB KETGAN QAYIQ

Qidiruvga eʼlon qilingan shaxslar qoʻlga olindi
Izohlar (0)