Elektiv soliq nima?
“Ochiq byudjet”dan ilhomlanib, elektiv soliqlar haqida yozish kerak deb oʻyladim. Oʻtgan asrlardan qolgan bir soliq xususiyati bu elektiv soliqlar. Bir xil maqsadlar uchun bunday elektiv soliqlar yaxshi ishlashi mumkin.
Umuman olganda, bu yerda aytish joizki, elektiv soliqlar bu qonuniyat emas, istisno. Biz deputatlarni saylashimiz va Oliy Majlisni tashkil etishimizdan maqsad, biz toʻlaydigan soliqlarni qayerga ishlatilishini ular hal qilishi kerak. Yaʼni xalq vakillari bir birlari bilan kelishgan holda, xalq pulini nima uchun, qanday maqsadlarda va qancha xarajat qilish kerakligini hal qilishlari kerak. Bizni amaldagi qomusimizda va jumladan koʻp boshqa prezident jumhuriyatlarida, soliq-byudjet siyosatini olib borish eksklyuziv ravishda qonun chiqaruvchi hokimiyatning vakolati. Buning ustiga, oʻsha ajratilgan mablagʻlar ishlatilishi samarasi va shaffofligini ham, qonun ishlab chiquvchilar nazorat qilishi kerak.
Endi elektiv soliqlarga kelsak, ular sal boshqacharoq taqsimot vositasi. Bunday soliq vositasida, soliqni toʻlagan insonni oʻzi, oʻsha soliqlar qay joyga ishlatilishini hal qiladi. Deylik koʻchmas mulk uchun soliqlarni ayrim jamiyatlarda, soliqni toʻlagan inson qayerga yoʻnaltirilishini oʻzi hal qilishi mumkin. Masalan, siz 100 soʻm mulk soligʻini toʻladingiz va keyin hokimiyat hisobiga pul tushishi kerak boʻlsa, oʻzingiz hal qilasiz, shartli 100 soʻmingizni necha foizi yoʻl qurilishiga, necha foizi park qurilishiga, necha foizi bolalar uchun maydoncha qurilishiga sarf qilishi kerakligini. Masalan, eskidan nasroniy anʼanalarga ega boʻlgan mamlakatlarda, jumladan Ispaniya va Italiyada, inson oʻz ijtimoiy soligʻini cherkovga yoki hukumatga berilishini hal qila oladi. Germaniyada ham, “cherkov soligʻi” bor, uni ham hukumat yigʻadi, va odam oʻzi xohlagan eʼtiqodiga (konfessiya) oʻsha pulni yoʻnaltirishini hal qiladi. Boshqa Yevropa mamlakatlarida, inson pulini xohlasa fanlar akademiyasi xohlasa diniy tashkilotlarga berishi mumkin. Bu jarayonning qiziqligi, odamning oʻzi nafaqat saylov jarayonida, balki har oy, oʻzi uchun nima muhimligi haqida oʻylaydi: universitetlarmi, fanmi yoki deylik cherkov taʼmirimi.
Shunday tajriba sobiq ittifoqda Rossiyada ham qilib koʻrishgan. Kirov viloyatida shunday tajriba natijasida, bir nechta hokim isteʼfoga berishgan. Chunki odamlar arzimagan 100 rubl pulni shartli yoʻl qurilishiga oʻtkazib, hokimlarni qabulxonasidan chiqmay yurishgan, “senga 100 rubl berdim, yoʻlim qani” deb odamlar hokimlarni tinch qoʻyishmagan, natijada ular isteʼfoga chiqishgan. Oʻylaymanki bu tajriba ancha muvaffaqiyatli boʻlgan (bu viloyat gubernatori keyin boshqa sabablar bilan qamalgan boʻlsada, bu eksperiment baribir qiziqdek).
Bizga kelsak, bu narsada albatta ehtiyot boʻlish kerak va juda diqqat bilan bu haqida oʻylash kerak, agar bordiyu shu narsa qilinsa, albatta, asosiy pullar taqsimlanishi — Oliy Majlis oʻz vakolatlariga amal qilishi kerak boʻladi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
SOLIQ IMTIYOZLARI FAROVONLIK UCHUN XIZMAT QILADI
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
“AQSh bu mamlakat emas - AQSh bu g‘oya”
Ikki kun ayrim elektron soliq xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkin
Shifokorlar nima sababdan juda yomon yozishadi?
Shudgordagi quyruq yoxud maʼnaviy jinoyat ildizlari qayerda?
Izohlar (0)