Shudgordagi quyruq yoxud maʼnaviy jinoyat ildizlari qayerda?
Bugungi voqeligimizning shiddatli oqimi har qanday hozirjavob, tezkor muxbirni ham shoshirib qoʻyayotgani sir emas. Shunga qaramay, axborot maydonida “javlon urayotgan” ayrim jurnalistlarning qoʻl uchidagina yozayotgan, ming bor uzrku-ya, tuzsiz, nursiz, samarasiz, “xoʻjakoʻrsin” maqolalarni oʻqib (ochigʻi oʻqib boʻlmaydi, birrov koʻz yugurtirsangda. M.P) asabing qaqshaydi. Chunki, ularning gazetadan gazetaga “koʻchib” yurgan sarlavhalarini koʻriboq, oʻqishga boʻlgan ishtiyoq yoʻqoladi.
Afsuski, bizda hamon axborot yetkazishning almisoqdan qolgan usullari zoʻr berib qoʻllanilaveradi. Tahlil qolib, taʼrifu tavsifga, natija, samara qolib, yuzaki son koʻrsatkichlariga urgʻu beraveramiz.
Keling, shu oʻrinda kichik bir misol. Aytaylik bir fermer xoʻjaligi yoki dehqonchilik klasteri shartnoma rejasini ikki hissa bajardi. Bu albatta, matbuotda chiqishga loyiq koʻrsatkich. Lekin oʻsha fermer yoki klaster rejani ikki hissa bajarish uchun ikki hissa koʻp sarf-xarajat qilgan boʻlsa-chi? Endi oʻzingiz ayting, zarar hisobiga shartnomasini ikki hissa bajarayotgan jamoani ibrat qilib axborot maydoniga chiqarish toʻgʻri boʻladimi?
tashkilotlariga olib borib tashlamoqda. Bu makulaturadan farqi yoʻq “nashr”lar esa ana shu tashkilotlarda talay vaqt chang bosib yotadi va boradigan, yaraydigan joyi ... yana qayta ishlash korxonalari boʻladi. Buning otini esa biznes deb qoʻyibdi! Agar rostini aytsak, bu biznes ham emas, aslida maʼnaviy jinoyatdir! Chunki bunday olgʻirlarning maqsadi xalqqa maʼnaviyat, axborot ulashish emas, aksincha birinchi navbatda pul yigʻish, nima qilib boʻlsa-da, moʻmay daromad orttirishdan iboratdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yili yurtimiz ziyolilari bilan uchrashuvlarida “Matbuotning hech qachon biznes vositasi boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi”, degan edi.
Bugun ming afsuski, savdogar, maʼlumotining tayini yoʻq qator MCHJchilar allaqachon matbuotni ham biznes vositasiga aylantirib ulgurishdi! “Bir balosi boʻlmasa, shudgorda quyruq na qilur” deganlaridek, ha ularga matbuot emas, pul kerak.
Xoʻsh, bundaylar bilan kim shugʻullanadi? Kim nazorat qiladi va qachon tegishli chora koʻriladi? Oʻylaymizki, bunday koʻzboʻyamachilik va betamizlikning oldini olmoq kerak. Matbuotning obroʻsi borgan sari yer bilan bitta boʻlib borayotganining asosiy sabablaridan biri shundadir. Mana nima uchun tashkilot va korxonalar, muassasalar obuna desa zor qaqshaydigan, aftini burishtiradigan boʻlib qolishgan!
Demak, birinchi galda Axborot va kommunikatsiyalar agentligi va uning joylardagi boshqarmalari boʻlgan-boʻlmagan MCHJlarga gazeta jurnal ochib berishni toʻxtatishi lozim. Soʻz erkinligi, matbuot erkinligi kerak, albatta.
Biroq dunyoning hech bir mamlakatida gazeta-jurnal ochib olish bizning yurtdagidek oʻyinchoq boʻlmasa kerak. Bu ketishda eshakbozorning ham “gazet”i boʻlmasligiga kafolat qolmadi!
Munavvar PARDAYEV.
“Hurriyat” gazetasining 2021-yil 21-aprel sonidan.
Atoqli Dogʻiston shoiri Rasul Hamzatov taʼbiricha: “Menga mavzu emas, koʻz bering!”, deydigan payt kelmadimikan?! Oʻzbekistonda bugungiday evrilishlar, ulugʻvor qurilishlar, odamlar kayfiyatidagi oʻzgarishlar qachon, qaysi davrda boʻlgan? Jurnalist hayotning eng qaynoq jabhalarida boʻlishi, islohotlarni yanada jadallashtirilishida koʻmakchi, “tishli-tirnoq”li maqolalar yozishi, eng muhimi, xalq dardini, muammosini koʻtarib chiqib, amaliy natijaga erishish yoʻlida harakat qilmogʻi kerak. Shunday jurnalisti bor matbuot vositasinigina xalq oʻqiydi, hurmat qiladi.
Yaxshi narsalar yozib, el ogʻziga tushishni niyat qilgan matbuot xodimi qilni qirq yorishni biladigan, mantiqiy fikrlashga odatlangan, qalamga olayotgan sohani atroflicha oʻrgangan boʻlsa, bu – katta yutuq.Afsuski, bizda hamon axborot yetkazishning almisoqdan qolgan usullari zoʻr berib qoʻllanilaveradi. Tahlil qolib, taʼrifu tavsifga, natija, samara qolib, yuzaki son koʻrsatkichlariga urgʻu beraveramiz.
Keling, shu oʻrinda kichik bir misol. Aytaylik bir fermer xoʻjaligi yoki dehqonchilik klasteri shartnoma rejasini ikki hissa bajardi. Bu albatta, matbuotda chiqishga loyiq koʻrsatkich. Lekin oʻsha fermer yoki klaster rejani ikki hissa bajarish uchun ikki hissa koʻp sarf-xarajat qilgan boʻlsa-chi? Endi oʻzingiz ayting, zarar hisobiga shartnomasini ikki hissa bajarayotgan jamoani ibrat qilib axborot maydoniga chiqarish toʻgʻri boʻladimi?
Hozirgi paytda “bosma axborot vositalari kerakmi oʻzi?” – degan fikr hatto ayrim jurnalistlar orasida ham “bolalab” ketdi. Bu savolga javob bitta: kerak! Gazeta-jurnallar shak-shubhasiz davr yilnomasini yaratayotgan, ulugʻ maqsadlar yoʻlida bel bogʻlagan xalqqa maʼnaviy madadkor boʻlayotgan, kamchiliklarni oʻz vaqtida ochib borayotgan qudrat manbai. Ular barcha hokimiyat tuzilmalari yoʻlidagi haqiqat va adolat mayogʻi boʻlmogʻi zarur. Demak, shunday qutlugʻ dargohda ishlaydigan biz, jurnalistlar hozirgi mavqeimizni yana oʻn chandon yuqori koʻtarishimiz, yangi davrga, yangi voqeliklarga mos ishlashimiz, xalqimizga davr nafasini yetkazishda hozirjavob boʻlishimiz shart.
Ammo, nima deysiz, buning uchun matbuotimizni, avvalo, bir elakdan oʻtkazadigan, saragini sarakka, puchagini puchakka ajratadigan davr kelmadimi? Qaysiki oʻzida savoddan asar ham yoʻq bir shavvoz (taassufki, ular bir emas bugun oʻnlab, balki yuzlabdir. M.P) qandaydir MCHJ tashkil qilib, uning qoshida turli nomdagi gazeta-jurnallar ochib (qarang-a, bundaylarga litsenziya olish ham “shest sekund”), turli tashkilotu korxonalarga, asosan, byudjet tashkilotlari (xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash boʻlimlari va hokazo)ga ot surib, ulardagi ayrim taʼmagir odamlarni topib, xufyona kelishuvlar qilib, “choʻtali”ni berib, yuz millionlab, hatto milliardlab mablagʻni hech kim oʻqimaydigan, toʻgʻrirogʻi oʻqib boʻlmaydigan nomi “gazeta” yoki jurnal deb ataladigan sariq chaqaga arzimas oyda bir-ikki bor nashr etiladigan va gʻirt savodsizlarcha chop qilinadigan matohlarga obuna tashkil qilib, kseronusxa – matohlarni pachkalab byudjettashkilotlariga olib borib tashlamoqda. Bu makulaturadan farqi yoʻq “nashr”lar esa ana shu tashkilotlarda talay vaqt chang bosib yotadi va boradigan, yaraydigan joyi ... yana qayta ishlash korxonalari boʻladi. Buning otini esa biznes deb qoʻyibdi! Agar rostini aytsak, bu biznes ham emas, aslida maʼnaviy jinoyatdir! Chunki bunday olgʻirlarning maqsadi xalqqa maʼnaviyat, axborot ulashish emas, aksincha birinchi navbatda pul yigʻish, nima qilib boʻlsa-da, moʻmay daromad orttirishdan iboratdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yili yurtimiz ziyolilari bilan uchrashuvlarida “Matbuotning hech qachon biznes vositasi boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi”, degan edi.
Bugun ming afsuski, savdogar, maʼlumotining tayini yoʻq qator MCHJchilar allaqachon matbuotni ham biznes vositasiga aylantirib ulgurishdi! “Bir balosi boʻlmasa, shudgorda quyruq na qilur” deganlaridek, ha ularga matbuot emas, pul kerak.
Xoʻsh, bundaylar bilan kim shugʻullanadi? Kim nazorat qiladi va qachon tegishli chora koʻriladi? Oʻylaymizki, bunday koʻzboʻyamachilik va betamizlikning oldini olmoq kerak. Matbuotning obroʻsi borgan sari yer bilan bitta boʻlib borayotganining asosiy sabablaridan biri shundadir. Mana nima uchun tashkilot va korxonalar, muassasalar obuna desa zor qaqshaydigan, aftini burishtiradigan boʻlib qolishgan!
Demak, birinchi galda Axborot va kommunikatsiyalar agentligi va uning joylardagi boshqarmalari boʻlgan-boʻlmagan MCHJlarga gazeta jurnal ochib berishni toʻxtatishi lozim. Soʻz erkinligi, matbuot erkinligi kerak, albatta.
Biroq dunyoning hech bir mamlakatida gazeta-jurnal ochib olish bizning yurtdagidek oʻyinchoq boʻlmasa kerak. Bu ketishda eshakbozorning ham “gazet”i boʻlmasligiga kafolat qolmadi!
Munavvar PARDAYEV.
“Hurriyat” gazetasining 2021-yil 21-aprel sonidan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)