Ichki ishlar vazirligi TikTokchilarning ota-onalarini ogohlantirdi
Foto: videodan olindi
Ichki ishlar vazirligi TikTok foydalanuvchilarini va ularning ota-onalarini “fuqarolarning osoyishtaligini, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzish mayda bezorilik hisoblanishi va 15 sutkagacha qamoq bilan jazolanishi” toʻgʻrisida ogohlantirdi.Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux Gʻiyosov eʼlon qilgan videoxabarda aytilishicha, soʻnggi paytlarda TikTok platformasida “turli masxaraomuz, odob-axloq qoidalariga zid harakatlar tasvirlangan videolar” koʻplab tarqalmoqda.
“Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizning tarbiyasiz va odobsiz qiliqlariga koʻz yumsangiz, biz bunday axloqsizlikka yoʻl qoʻymaymiz”,-degan matbuot kotibi va TikTokchilarning bunday harakatlari mayda bezorilik hisoblanishini maʼlum qilgan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi TikTokchilardan biri 9-yanvarda “mashhur boʻlish uchun oʻzini poyezd tagiga tashlagani va bu videoni TikTokka joylashtirgani” xabar qilingan edi. Soʻnggi xabarlarga qaraganda, Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi bu shaxsning kim ekanligini aniqlagan, u telekanallar orqali xalqdan uzr soʻragan. Ichki ishlar vazirligi esa ayni paytda bu shaxsga nisbatan surishtiruv ishlari davom etayotganini bildirgan.
Bundan oldin Gulistondagi chorrahada raqsga tushgan TikTokchi yigitlar 4 sutkaga qamalgan, Fargʻonadagi maktabning sinfxonasida pirotexnika portlatgan oʻquvchi IIB roʻyxatiga olingan. Andijonda xiyobon oʻrindiqlarini agʻdarib, toʻsiqlar, chiqindi qutilarini tepib, TikTok uchun video olgan bezorilarga chora koʻrilgan.
Yangi yil arafasida Toshkent shahar hokimligi “TikTok Awards 2020” festivalini tashkil qilib, eng yaxshi oʻzbek Tiktokchilarini mukofotladi. Qimmatbaho mukofotlarni taqdim etgan shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev oʻzbek Tiktokchilarni eng aziz va eng yaxshi, deya maqtadi, deya xabar beradi @BUGUNUZ™ - Official channel.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
G‘ALATI HAYKAL
«OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI»
Jizzaxda qurilayotgan koʻp qavatli uy qulab tushdi
"OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI". SHAVKAT MIRZIYOYEV SO‘Z ERKINLIGI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HAQIDA
Xushxabar
OLIS ABXAZIYANING ATARA QISHLOGʻIDA BIR KUN…
Izohlar (0)