48,9 million so’m qalbaki pullar aniqlandi

Aniqlanishicha, fuqaro Sh.S. 100 ming soʻmlik kupyuradagi jami 48,9 million soʻm qalbaki pullarni oʻtkazish maqsadida yonida olib yurgan vaqtida ushlangan. Ijarada yashab kelayotgan xonadoni koʻzdan kechirilganda, Sh.S.ning sheriklari M.Oʻ., S.M. va A.A.lar tomonidan kompyuter texnikasi yordamida tayyorlanib, rangli printerda chop etilgan yana 2,5 million soʻm qalbaki pullar mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)