Toshkent viloyatida qalbaki 1 100 dollarni 500 dollarga sotayotgan fuqaro ushlandi

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida qalbaki valyuta qimmatliklarining muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Departamentning Nurafshon shahar boʻlimi tomonidan qalbaki valyuta qimmatliklarining muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro N.S. va boshqalar oldindan til biriktirib, boshqa bir fuqaroga qalbaki 1 100 AQSH dollarini 500 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)