Soxta dollarlar muomalasining oldi olindi
2021 yil 31 mart kuni viloyat IIB JQB va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor-tadbirda, 42 yoshli Kozim A., 36 yoshli Shavkatbek A., va 48 yoshli Abduvoxid F. 24.850 AQSh dollar qiymatiga teng soxta pullarni shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan fuqaroga Qoʻqon shahrida joylashgan “Zamin” choyxonasida 10.000 AQSh dollarga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Jinoyat ishi qo'zg'atildi
Mazkur shaxslarga Fargʻona viloyati. Qoʻqon shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan 24.850 AQSh dollarni sotayotgan fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi Qalbaki pullar yasash, ularni oʻtkazish bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.Olib borilgan tergov harakatlari davomida, ushbu fuqarolar 24 850 AQSh dollar qiymatiga teng soxta pullarni poligrafik usulda nusxa koʻchirib koʻpaytiruvchi rangli printer yordamida tayyorlaganliklari aniqlandi.
Hozirda tergov davom etmoqda, deb xabar beradi IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)