Buxoroda mudhish qotillik yuz berdi
Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 13 iyul kuni soat 19:00 larda, Jondor tumani Samonchiq mahallasidagi “Nozima Niyoz” fermer xo‘jaligi dala maydonida, tumanning Istiqlol mahallasida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan F.Z. ismli shaxs, ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan Samonchiq mahallasida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan J.M. ismli turmushga chiqmagan qiz bilan rashk oqibatida janjallashib, uning bo‘yin va ko‘krak sohasiga oshxona pichog‘ini sanchib og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi J.M. voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan F.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 97-moddasi (qotillik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘g‘atilib, ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)