Navoiy viloyatida 2ta mahalliylashtirish loyihalari ishga tushiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-yanvar kuni mashinasozlik tarmog‘ini transformatsiya qilish
va sohada raqobatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Bugungi kunda bir qator kompaniyalar O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va
investitsiyalar olib kirish istagini bildirmoqda.
Joriy yilda Xorazmda kuzov detallarini tayyorlash korxonasi, Andijonda 4 ta, Navoiy viloyatida 2 ta
mahalliylashtirish loyihalari ishga tushiriladi. Kooperatsiya platformasi doirasida 122 ta xususiy korxona ishtirokida yana 80 ta detal ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi.
Yig‘ilishda xorijiy mutaxassislar ishtirokida “O‘zavtosanoat” faoliyatini transformatsiya qilish ofisini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.
1-iyulga qadar tarmoq tarkibidagi 40 ta korxonani transformatsiya qilish boshlanadi. Tarmoqda raqobat muhitini rivojlantirish uchun kompaniya tarkibidagi ehtiyot va butlovchi qismlar ishlab chiqaradigan 23 ta korxonani xususiylashtirishga tayyorlash lozimligi qayd etildi. “O‘zavtosanoat”ning asosiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan 14 ta tashkilotdagi ulushlarini sotuvga chiqarish vazifasi yuklatildi, deb xabar beradi Расул Кушербаев.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
«OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI»
"OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI". SHAVKAT MIRZIYOYEV SO‘Z ERKINLIGI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HAQIDA
NAVOIY VILOYATIDA 2021-YILDA IJTIMOIY SOHADA QANDAY YIRIK LOYIHALAR AMALGA OSHIRILADI?
PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV QISHGA TAYYORGARLIKDA YO‘L QO‘YILGAN KAMCHILIKLARNI TANQID QILDI
TURLI SOXTA HUJJATLAR BILAN CHEGARALARNI KESIB O‘TISHGA URINISH O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA QONUNLARIGA KO‘RA, JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTILISHGA SABAB BO‘LISHI MUMKIN
Izohlar (0)