NAVOIY VILOYATIDA 2021-YILDA IJTIMOIY SOHADA QANDAY YIRIK LOYIHALAR AMALGA OSHIRILADI?
Bu haqda 13-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida
aytib o‘tildi.
Sessiyada 13 ta masala ko‘rib chiqilib, ularning barchasi xalq deputatlari Navoiy viloyati
Kengashining doimiy komissiyalari tomonidan muhokama etildi.
Joriy yilda viloyatda maktabgacha ta’lim qamrovi 80 foizga yetkaziladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy texnika bazasini yaxshilash maqsadida
mahalliy byudjet hisobidan 30 mlrd so‘mlik mablag‘lar yo‘naltiriladi.
Yil yakuniga qadar viloyatning tuman (shahar) markazlarida matematikaga ixtisoslashgan 6 ta, kimyo-biologiyaga
ixtisoslashgan 5 ta, axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 9 ta maktab faoliyati tashkil etiladi.
Shuningdek, joriy yilda aholining 900 nafardan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini sihatgohlarda bepul davolanishlari tashkil etiladi.
Navoiy davlat pedagogika institutida “Tibbiyot” fakulteti tashkil etilib, 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab talabalar o‘qishi tashkil qilinadi.
Bundan tashqari, sog‘lom turmush tarzini keng qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021-yilgi investitsiya dasturi doirasida 13,9 mlrd. so‘mlik 4 ta sport obyektlari Navoiy shahri, Karmana, Qiziltepa Nurota va Xatirchi tumanlarida ta’mirlanadi.
Shu orqali aholining sport bilan shug‘ullanish darajasi 19 foizdan 35 foizga yetkaziladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
KARMANALIK TADBIRKORGA 447 MILLION SO‘MDAN ORTIQ PUL MABLAG‘LARI UNDIRIB BERILDI
Ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun 500 mlrd soʻm ajratiladi
NAVOIY – FAXRIMSAN MENING!
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
«OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI»
YANGI YILNI XAVFSIZ KUTIB OLAYLIK!
Izohlar (0)