Talabalarga qishki ta’til uzaytirildi

Tegishli qaror bilan 2022-yil yanvar oyidan boshlab respublikadagi eng salohiyatli 35 ta oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berilishi – bu boradagi vazifalarni sifatli tarzda amalga oshirish va hozirdanoq mustahkam poydevor yaratishni talab etadi.
Bu oʻz navbatida, oliy taʼlim muassasalari boshqaruvida yangicha tizim asosida yondashuvni talab etadi.
Shu maqsadda, oliy taʼlim tizimi tarixida ilk marotaba – rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga masʼullar uchun oʻz kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida joriy yil 10-24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etiladi.
Shu bilan birga, oliy taʼlim muassasalari kredit-modul tizimiga toʻliq oʻtganligi sababli kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilari uchun asosiy ishdan ajralgan holda oʻquvlar barcha oliy taʼlim muassasalarida tashkil etiladi.
Bu jarayonga oliy taʼlim muassasalari huzuridagi barcha professional taʼlim muassasalari hamda akademik litseylar rahbarlari ham jalb etiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2021/2022 oʻquv yilining ikkinchi yarmini toʻliq va puxta tayyorgarlik koʻrgan holda boshlash maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Diniy taʼlim muassasalarida qaysi fanlardan imtihon olinishi maʼlum boʻldi

Oʻzbekistonda 2020-yilda bitiruvchilari OTMga kirmagan maktablar soni maʼlum boʻldi

OTMlarda o’quv yili oflayn boshlanadimi?

Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

OTMlarning umumiy reytingi e’lon qilindi

Yangi yildan davlat organlari tomonidan qaysi hujjatlarni talab qilish bekor qilindi
Izohlar (0)