OTMlarda o’quv yili oflayn boshlanadimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda yangi oʻquv yilida taʼlim jarayonining anʼanaviy (oflayn) tarzda boshlanishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi izoh berdi.
Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalarining pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda taʼlim jarayonini anʼanaviy (oflayn) tarzda tashkil etish boʻyicha tayyorgarlik holati oʻrganilmoqda.
Oʻrganishlar natijasiga koʻra tegishli maʼlumotlar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etish yuzasidan yakuniy xulosa tasdiqlangandan soʻng, vazirlik sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali rasmiy tarzda eʼlon qilinadi.

“Shu oʻrinda, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi talabalarni pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilishlarini, ularning ota-onalari ham farzandlari sogʻligʻiga masʼuliyat bilan qarashlari va, albatta, vaksinatsiya jarayoniga faol ishtirok etishlarini soʻrab qoladi.
Emlash talabalarning yaxshi bilim olishlari bilan bir qatorda oʻzlari hamda professor-oʻqituvchilarning ham sogʻ-salomat boʻlishini taʼminlaydi”, deyiladi xabarda.
Emlash talabalarning yaxshi bilim olishlari bilan bir qatorda oʻzlari hamda professor-oʻqituvchilarning ham sogʻ-salomat boʻlishini taʼminlaydi”, deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi
Diniy taʼlim muassasalarida qaysi fanlardan imtihon olinishi maʼlum boʻldi
Oʻzbekistonda mahkumlarga ham OTMga kirish va onlayn taʼlim olish imkoni beriladi
Oʻqishni koʻchirishda oʻtish bali 66,1 ball etib belgilandi
Oʻzbekistonda yangi oʻquv yilidan boshlab, darslar qanday shaklda yoʻlga qoʻyiladi?
Samarqand shahridagi barcha bogʻcha va maktablar karantinga yopiladi
Izohlar (0)