Oʻzbekistonda 2020-yilda bitiruvchilari OTMga kirmagan maktablar soni maʼlum boʻldi
Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov 26-yanvar kuni Senat Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining majlisida 2020-yilda umuman bitiruvchisi oliy taʼlim muassasalariga kirmagan maktablar sonini maʼlum qildi.
Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati
Uning soʻzlariga koʻra, 2020-yilda oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirgan maktab bitiruvchilari soni 2 barobarga oshib, abituriyentlarning 23 foizini tashkil etgan. Ajratilgan davlat kvotasining 34 foizini 2019-yilda — 23 % maktab bitiruvchilari egallagan. Shu bilan birga, umuman bitiruvchisi oliy taʼlim muassasalariga kirmagan maktablar soni 3 baravarga 2019-yilda — 2126 ta, 2020-yilda — 692 taga kamaygan.
Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati
Taʼkidlanishicha, tizimdagi pedagog-kadrlarning sifat tarkibi yaxshilanib, oliy toifali oʻqituvchilar soni 9,4 foiz, birinchi toifali oʻqituvchilar soni 6 foizga oshgan. Bundan tashqari, 2020-yilda matematika fanidan 56 ta, kimyo-biologiya fanidan 28 ta, informatika va AKT 14 ta ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilgan. 2020–2025-yillarda xalq taʼlimi tizimida inklyuziv taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilingan.
Majlisda, shuningdek, 2020-yilda 175 maktab taʼlim sifati qoniqarsiz, deb baholanganligi sababli akkreditatsiyadan oʻtmagani taʼkidlangan. Oʻquvchilarning umumiy oʻzlashtirish darajasi Sirdaryo viloyatida 60,7 foiz, Toshkent viloyatida 62,4 foiz, Jizzax viloyatida 62,7 foiz, Andijon viloyatida 64,2 foiz, Namangan viloyatida 64,4 foizni tashkil etib, respublika koʻrsatkichidan past daraja qayd etilgan. Nazorat ishlari oʻtkazilgan umumtaʼlim fanlaridan oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasi fizika fanidan 54,6 foiz, kimyo fanidan 54 foiz natijaga erishgan deb xabar beradi tez.news.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
O‘zbekistonda 2020-yilda eng ko‘p maosh to‘langan mutaxassisliklar
Endi ta’lim sifati past maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchilarga maxsus ustamalar beriladi
Oʻzbekistonda vaksina sinovida qatnashish uchun murojaat qilganlar soni maʼlum boʻldi
2020-yilda Oʻzbekistonda eng koʻp nikoh qayd etilgan viloyatlar maʼlum boʻldi
Ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun 500 mlrd soʻm ajratiladi
Bog‘chаgа bolаni joylаshtirish muаmmomi?
Izohlar (0)