O‘zbekistonda beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
Kelayotgan hafta boshlarida O‘zbekistonda beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
O‘zgidromet 11-12-aprel kunlari janubidan kirib kelayotgan siklon oqibatida, respublikaning ko‘plab hududlarida kuchli shamollar, chaqmoq-momaqaldiroq xususiyatga ega yog‘inlar hamda ayrim hududlarda chang to‘zonlar ko‘tarilishi haqida prognoz xabar ishlab chiqdi.
Xususan, mutaxasislar 11-aprel kuni Jizzax va Surxondaryo viloyati ayrim hududlarida shamol tezligi kuchayganda 25-28 m/s kuchga ega kuchli shamollar bo‘lishidan ogohlantirishmoqda.
Oy boshidagi quruq va issiq havo ortidan, janubiy siklon ham mintaqadan mavsumga xos bo‘lmagan noodatiyroq ob-havo hodisalari bilan o‘tishi ma’lum bo‘lmoqda. 11-aprel shimoliy hududlar, 12-aprel Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatida kutilayotgan yog‘inlar chaqmoq momaqaldiroqli xususiyatli bo‘lib, qisqa muddatli jala yog‘inlar yog‘ishiga olib keladi.
13-14-apreldan respublikada yana barqaror, yog‘ingarchiliksiz havo oqimi hukmron bo‘ladi. Harorat yana ko‘tariladi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Dam olish kunlari qanday ob-havo bo’lishi ma’lum qilindi
Erondan O‘zbekistonga yana issiq va quruq havo kirib keladi
“O‘zgidromet” shoshilinch axborot bilan chiqdi
Hafta oxirida O‘zbekistonda ob-havo o’zgaradi
O’zbekistonda havo harorati 44 darajagacha ko’tarilishi mumkin
Joriy hafta oxiriga havo harorati pasayadi
Izohlar (0)