OTMlarda to’lov-shartnoma asosidagi kvotalarni belgilashdan voz kechiladimi?

2023- yilgi qabuldan OTMlarning to‘lov-kontrakt asosidagi kvotalarini belgilashdan voz kechilishi kutilmoqda. Bu OTMlarga qabul kvotalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasida belgilangan.
2023/2024 - yildan boshlab, barcha davlat OTMlariga davlat buyurtmasi parametrlari faqatgina davlat grantlari bo‘yicha tasdiqlanishi qaror loyihasiga kiritilgan.
To‘lov-kontrakt asosidagi qabul o‘rinlari oliy ta’lim muassasalari, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari, bo‘ysunuviga ko‘ra, tegishli vazirlik va idoralar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlanadi.
Aytish joizki, 2026-yilgacha oliy ta’lim bilan qamrovni 50% ga yetkazish belgilangan.
Joriy yilgi qabulda OTMlarning yo‘nalishlari kesimida ajratilgan kvotalar bilan qaror loyihasining to‘liq matni orqali tanishish mumkin.
Loyiha muhokamasi 1-iyungacha davom etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)