PREZIDENT MAKTABLARIGA QABUL JORIY YILNING QAYSI SANALARDA O’TKAZILADI?

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/23 o‘quv yili uchun hujjatlar 1–20 iyun kunlari onlayn qabul qilinadi.
2022/23-o‘quv yilida Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan, Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Nurafshon va Termiz shaharlaridagi prezident maktablariga 5-sinfga qabul bo‘lib o‘tadi.
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning aniq fanlar yo‘nalishiga 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo‘ladi.
Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan talabgor xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadasida g‘olib (viloyat bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rin) bo‘lgan bo‘lsa, bu haqda tasdiqlovchi hujjat nusxasini yuklashi lozim.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Navoiy shahridagi Prezident maktabida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari 29-30-iyul kunlari boʻlib oʻtadi

Prezident yangi qaror qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangan

Chavandozlar maktabi tashkil etildi

PREZIDENT MAKTABLARI KEMBRIJ XALQARO MAKTABI MAQOMIGA EGA BO‘LDI
Izohlar (0)