Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari 29-30-iyul kunlari boʻlib oʻtadi
Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim muassasalarining 5- va 7-sinflariga qabul imtihonlari joriy yilning 29-30-iyul kunlari oʻtkazilishi belgilandi.
Bu haqida Xalq taʼlimi vazirligi va Davlat test markazining qoʻshma qarori imzolandi.
Saralash tanlovlari ochiq katta pavilon (xiyobon, maydon)larda karantin qoidalariga rioya etgan holda Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi.
Har bir fan yoʻnalishida jami 30 tadan test savollari beriladi va 60 daqiqa vaqt ajratiladi. Shuningdek, test sinovlari boshlanguniga qadar qoʻshimcha 20 daqiqa vaqt tushuntirish uchun ajratiladi.
Saralash tanlovlari natijalariga koʻra oʻquvchilar ballar ketma-ketligi asosida belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi.
Maʼlumot oʻrnida, bu yilgi saralash tanlovlarida 106 mingdan ortiq talabgorlar ishtirok etadi va tanlov natijalariga koʻra 34050 nafar iqtidorli oʻquvchilar ixtisoslashgan maktablarga qabul qilinadi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Test sinovlari uchun hujjatlar qabuli boshlanmoqda
Bu yilgi test sinovlari ham stadionlar va xiyobonlarda oʻtkazilishi mumkin
Joriy yilda OTMlarga kirish uchun test sinovlari beshta fandan oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda abituriyentlar cheklanmagan miqdorda taʼlim yoʻnalishlarini tanlashi mumkin boʻladi
Diniy taʼlim muassasalarida qaysi fanlardan imtihon olinishi maʼlum boʻldi
Ayrim maktablar xususiy sektor boshqaruviga topshiriladi
Izohlar (0)