«Yoshlar daftari»ga kirganlarga qanday imkoniyatlar mavjud?
«Yoshlar daftari»ga kirganlarga qanday imkoniyatlar mavjud?
Prezidentning «Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar» toʻgʻrisida (20.04.2021y, PF-6208-son) farmoniga koʻra, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularni doimiy ish bilan band qilish, qoʻshimcha daromad olishi uchun qulay shart-sharoitlar
yaratish boʻyicha quyidagi tartib joriy qilingan.
2021-yil 1-maydan boshlab:
2023-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi
Davlat budjetidan toʻliq qaytarib beriladi. Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytariladi;
«Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilishga zarur boʻlgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda «Yoshlar daftari» jamgʻarmalari hisobidan subsidiya ajratiladi;
«Yoshlar daftari»ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga davlat mulkini ijaraga olishda ijara toʻlovlaridan imtiyozlar taqdim etiladi;
2021-yil 1-iyundan boshlab:
«Yoshlar daftari»ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha boʻlgan miqdori «Yoshlar daftari» jamgʻarmalari hisobidan kompensatsiya qilinadi;
-professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab-chiqarish yoki xizmat koʻrsatish korxonalarida amaliyot oʻtagan vaqtida, biroq olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda professional ta’lim tashkilotlari tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida har oylik subsidiya ajratiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
“Yoshlar daftari” ga kiritilganlarga bir martalik yordam beriladi
Yangi yildan davlat organlari tomonidan qaysi hujjatlarni talab qilish bekor qilindi
Garovsiz kredit ajratish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Davlat grаnti uchun tanlov
“Mehr daftari” ga kimlar kiritiladi?
“Mehr daftari” joriy etiladi
Izohlar (0)