Garovsiz kredit ajratish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, kreditlar banklar tomonidan qaytarishlik, toʻlovlilik, taʻminlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik shartlarida beriladi.
Kreditlar yoshlarning alohida toifalariga garovsiz asosda ajratiladi. Bunda tegishlicha “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari kafilligi taqdim etiladi. Kafillik berilganligi uchun toʻlov (mukofot puli) undirilmaydi.
Qarz oluvchilar, jumladan, quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos boʻlishi lozim:
18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan;
yangi (ikkala tomon uchun birinchi marotaba) turmush qurgan;
ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka krediti olmagan boʻlishi kerak.
Shunga koʻra, yoshlarning alohida toifalariga kreditlar:
bozor stavkasida mijoz xohishiga koʻra 6 oy imtiyozli davr bilan;
20 yildan koʻp boʻlmagan muddatga;
Boshlangʻich badali yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda;
bir qarz oluvchiga 33 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda beriladi.
Tegishli hujjatlar toʻliq taqdim qilingandan soʻng bank 3 ish kunida ariza beruvchiga kredit berish masalasini koʻrib chiqadi.
Ariza qanoatlantirilgan taqdirda, kredit shartnomasi imzolanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Bogʻchalarga subsidiyalar toʻlanadi
10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul toʻlovlari toʻlanadi
“Mehr daftari” ga kimlar kiritiladi?
O‘zbekistonda kasb-hunar bo‘yicha maxsus kursni tugatgan ishsiz yoshlarning o‘qish xarajatlarini davlat qoplab beradi
Navoiyda yoshlar marafoni
Muldirga hokim yordam beradi
Izohlar (0)