Ko‘pchilik kutgan qaror: mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilinadi

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasasiga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Bunda o‘qishga qabul qilish Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi. Tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:
-o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
-tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
-o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi kerak.
Tavsiyanoma olish uchun talabgor doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga har yili:
➖ 1-maydan 1-iyungacha ariza bilan murojaat qiladi.
➖ Ariza va hujjatlar 7-iyungacha ko‘rib chiqiladi.
➖ Ishchi guruh xulosasi 10-iyungacha qo‘mitaga taqdim qilinadi.
➖ Hujjatlar qo‘mita tomonidan 14-iyungacha ko‘rib chiqilib, tavsiyanoma berish yoki uni rad etish to‘g‘risida buyruq chiqariladi.
➖ Ishchi guruh har yili 15-iyungacha tavsiyanoma talabgorlarga yetkazilishini ta’minlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
OTM da qo’shimcha kvotalar kimlar uchun va nima sababdan joriy etilmoqda?
Xotin-qizlar uchun 500 ta davlat granti beriladi
O’zbekistonda yana bir akademiya tashkil qilindi
MAKTABGA QABUL JARAYONIDA BU XIZMATLAR HECH QANDAY ORTIQCHA XARAJAT TALAB QILMAYDIMI?
OTMlarda to’lov-shartnoma asosidagi kvotalarni belgilashdan voz kechiladimi?
Ko‘pchilik abituriyentlar bir xil ball to‘plasa, lekin kvota soni kam bo‘lsa nima bo‘ladi?
Izohlar (0)