Bu yil 6 ta OTMning kirish imtihonida chet tilidan ilk marta odatiy test o‘rniga ijodiy (kasbiy) imtihon o‘tkaziladi

2022–2023 o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
- Samarqand davlat chet tillar instituti;
- Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining
- Toshkent davlat pedagogika universiteti;
- Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
- Nukus davlat pedagogika institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.
- 1-bo‘lim: Tinglab tushunish (45 daqiqa / 5 qism / 30 savol/ 30 ball)
- 2-bo‘lim: O‘qish (60 daqiqa / 5 qism / 30 savol/ 30 ball)
- 3-bo‘lim: Yozish (45 daqiqa / 2 topshiriq / 30 ball)
- 4-bo‘lim: Gapirish (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball)
Hozircha faqat ingliz tilidan savollar namunalari e’lon qilindi. Savollar B1 darajada, boshqa OTMlarning chet tili savollari bilan bir xil darajada bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Prezident “Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarorni qabul qildi

Diniy taʼlim muassasalarida qaysi fanlardan imtihon olinishi maʼlum boʻldi

To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga yana bir imkon berildi

“Targ`ibot poyezdi” a’zolari talabalar bilan uchrashmoqda

Rossiyada chet el fuqarolariga sertifikat uch yil muddatga beriladi

OTMlarning umumiy reytingi e’lon qilindi
Izohlar (0)