Rossiyada chet el fuqarolariga sertifikat uch yil muddatga beriladi
Rossiyada yashash va ishlash istagidagi chet elliklar uchun imtihon topshirishning yangi qoidalari oʻrnatiladi. Rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi boʻyicha yangicha tartib va shakl belgilanadi. Imtihonlarning murakkablik darajasi esa chet el fuqarosining mamlakatda boʻlish maqsadiga bogʻliq boʻladi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy Telegram-kanali
Ushbu tartib Duma tomonidan qabul qilingan hukumat qonunida belgilangan.
Yangi qonunga muvofiq, imtihonlar rasmiy roʻyxatga kiritilgan taʼlim muassasalari tomonidan oʻtkazilib, tegishli sertifikat beriladi.
Shu bilan birga, sertifikatning amal qilish muddati uni olish maqsadiga bogʻliq boʻladi. Masalan, vaqtinchalik yashash yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish istagidagi chet el fuqarolariga sertifikat uch yil muddatga beriladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan 180 kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
TURLI SOXTA HUJJATLAR BILAN CHEGARALARNI KESIB O‘TISHGA URINISH O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA QONUNLARIGA KO‘RA, JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTILISHGA SABAB BO‘LISHI MUMKIN
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida mehnat bozori
Yangi yildan “bir sud – bir instansiya” tamoyiliga amal qilinadi
NUKUS SHAHRIDA YOʻLNI TOʻSIB QOʻYGAN AYOLLARNING 591 MLN SOʻMLIK TOʻLANMAGAN ISH HAQI BUGUN TOʻLIQ BERILADI
SOLIQ IMTIYOZLARI FAROVONLIK UCHUN XIZMAT QILADI
Aholiga yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida normativlarga oʻzgarishlar kiritildi
Izohlar (0)