Yoʻlovchi tashish transporti xizmatlari narxlari bir oyda oʻrtacha 0,6 % ga arzonlashgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning may oyida yoʻlovchi tashish transporti xizmatlari narxlari aprel oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,6 % ga arzonlashgan.
Yoʻlovchi tashish transporti xizmatlari narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 2,3 % ga oshgani kuzatilgan.
Poyezdlarda yoʻlovchi tashish narxlari bir oyda oʻrtacha 2,6 % ga arzonlashgan.
Shaharlararo avtobusda yoʻl haqi narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 2 % ga qimmatlashgan.
Bir oy davomida metro, tramvay va shaharlararo avtobusda yoʻl haqi narxlarida oʻzgarish kuzatilmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)