Toshkent va Samarqand arxitektura va qurilish institutlari faoliyati transformatsiya qilinadi, ularga akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi
Davlatimiz rahbari raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida sohada kadrlar tayyorlash tizimini oʻzgartirish vazifalari belgilandi.
Bunda Toshkent va Samarqand arxitektura va qurilish institutlari faoliyati transformatsiya qilinadi, ularga akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. Endi:
— Samarqand arxitektura va qurilish instituti urbanizatsiya, arxitektura, dizayn, madaniy meros obyektini tiklash;
— Toshkentdagi institut muhandislik, arxitektura, qurilish va qurilish materiallari texnologiyalari, raqamli qurilish yoʻnalishlariga ixtisoslashadi.
Talabalar yetakchi loyiha-qidiruv institutlari va qurilish klasterlariga biriktiriladi.
Ushbu ikki oliygohda 1-sentyabrdan xalqaro taʼlim dasturlari asosida oʻqitishni yoʻlga qoʻyishga koʻrsatma berildi.
Yigʻilishda yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlarga qaramasdan, ipoteka krediti orqali aholini uy-joylar bilan taʼminlash ishlari talab darajasida emasligi koʻrsatib oʻtildi.
Xususan, joriy yilda 43 mingta uy-joy uchun byudjetda banklarga 13 trillion soʻm resurs koʻzda tutilgan boʻlib, oʻtgan olti oyda 3,6 trillion soʻm (28 foiz) oʻzlashtirilgan.
Shuningdek, 29 ming nafar aholiga subsidiya uchun 1,2 trillion soʻm ajratilgan boʻlsada, 8,5 ming nafariga 365 milliard soʻm (30 foiz) toʻlab berilgan.
Ajratilgan resurs va subsidiyani oʻzlashtirish darajasi Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida 25 foizdan past.
1-sentyabrga qadar tuman va shaharlarning qulay joylarida bank, moliya, quruvchi tashkilotlar, notarius, kadastr idoralari bir joyda oʻtirib, aholiga yangi uy-joylar loyihasi, narxi, kredit va subsidiya shartlari boʻyicha batafsil xizmat koʻrsatadigan Ipoteka markazlarini tashkil qilishga koʻrsatma berildi.
Bir oy muddatda subsidiya ajratishdagi byurokratiyani kamaytirish, qurilish uchun yerlarni savdoga chiqarishni 2 baravarga koʻpaytirish boʻyicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Yigʻilish yakunida mutasaddilar va hokimlarning axboroti tinglandi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 12 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi
Koronavirusdan 2021-yilda ham qutulmaymiz - JSST
“Britan shtammi” 70, “Janubiy Afrika shtammi” 31 mamlakatga yetib bordi
Butun dunyo boʻyicha so‘nggi kecha-kunduzda koronavirusdan 10 mingdan ortiq bemor vafot etdi
COVID-19ga qarshi emlashdan bosh tortdi
Izohlar (0)