So'nggi 6 oyda “Tez yordam” xizmatiga qancha chaqiriq kelib tushgani ochiqlandi
Kutilmaganda sodir bo'ladigan har qanday ko'ngilsiz hodisa inson hayoti va salomatligiga jiddiy xavf tug'dirishi turgan gap. Tabiiyki, bunday holatda eng birinchi bo'lib “Tez yordam” xodimlari bemor uchun ko'makka oshiqadi.
Qayd etish lozim, bugun yurtimizda shakllangan tez tibbiy yordam xizmati yurtdoshlarimiz hayoti va salomatligini asrashda muhim o'rin tutmoqda. Ayniqsa, bu jihat koronavirus pandemiyasi davrida yanada yaqqol namoyon bo'ldi.
Buni esa 2022 yilning o'tgan 6 oyi mobaynida “103” xizmatiga kelib tushgan chaqiriqlar sonidan ham bilish mumkin.
Raqamlarni tahlil qilsak, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida mamlakatimiz bo'yicha “Tez yordam”ga jami 6 million 245 ming 280 ta chaqiriq kelib tushdi. SHundan 570 ming 817 nafar bemor shifoxonalarga gospitalizasiya qilindi.
Eng ko'p murojaat Farg'ona (719 341 ta), Andijon (666 206 ta), Toshkent viloyati (623 095 ta) va Toshkent shahri (622 578 ta) hissasiga to'g'ri keldi.
Taqqoslash uchun, o'tgan yilning yanvar-iyun oylarida yurtdoshlarimizdan tez tibbiy yordam xizmatiga jami 5 million 811 ming 380 ta chaqiriq kelib tushgan edi.
Ma'lumki, bugun yurtimizda koronavirus infeksiyasining oldini olish, uning tarqalishiga yo'l qo'ymaslik, xususan, chaqiriqlarni tezkor qabul qilish va bemorlarga sifatli tez yordam ko'rsatish maqsadida “103” xizmati brigadalari aholiga tunu kun xizmat qilmoqda.
— Joriy yilning o'tgan olti oyi davomida “Tez yordam”ga koronavirusga chalingan va kasallikka gumon qilingan bemorlar bo'yicha 11 ming 157 ta chaqiriq kelib tushdi, — deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Tez tibbiy yordam xizmatini muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbari Davlatbek YUldashev. — To'g'ri, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 433 ming 900 taga kam. Ammo so'nggi haftalarda yurtimizda kasallanish holatlari va "103" xizmatiga murojaatlar soni ortishi kuzatilmoqda. SHu bois ayni paytda mamlakatimiz bo'ylab ixchamlashtirilgan tez tibbiy yordam brigadalari tashkil etilyapti. Bu esa chaqiruv manzillariga o'z vaqtida yetib borish va kechikishlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 12 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi
Koronavirusdan 2021-yilda ham qutulmaymiz - JSST
“Britan shtammi” 70, “Janubiy Afrika shtammi” 31 mamlakatga yetib bordi
Butun dunyo boʻyicha so‘nggi kecha-kunduzda koronavirusdan 10 mingdan ortiq bemor vafot etdi
COVID-19ga qarshi emlashdan bosh tortdi
Izohlar (0)