Tanzaniyada noma'lum kasallik tarqalmoqda
Hozirda u bilan bog'liq uchta o'lim qayd etildi
Tanzaniya uch kishining o'limiga sabab bo'lgan noma'lum kasallikning avj olishini tekshirmoqda.
Mamlakat janubida joylashgan Lindi viloyatida jami 13 ta holat qayd etilgan. Kasallikning belgilari Ebola virusiga o'xshaydi: isitma, kuchli bosh og'rig'i, charchoq va qon ketish, shu jumladan burundan ketish.
Mamlakat sog'liqni saqlash vazirligining aniqlik kiritishicha, laboratoriya tekshiruvlarining dastlabki natijalari Ebola virusi mavjudligini istisno qilgan. Rasmiylar yuqtirganlarning aloqalarini qidirmoqda va hozirda besh kishi izolyasiyaga olingan.
Mamlakat bosh shifokori Ayfelo Sichalve tanzaniyaliklarni tekshiruv davom etayotgani va xotirjam bo'lishga chaqirdi. SHuningdek, u shunga o'xshash alomatlarga ega bo'lganlarni darhol tibbiy yordamga murojaat qilishga chaqirdi.
Oldinroq, qushni Afg'onistonning ikki viloyati — Hilmend va Zobulda bir sutkada 40 kishi vabo kasalligidan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Afg'onistonning “Khaama Press” agentligi xabariga ko'ra, 10 iyul kuni bu yerda 120 dan ortiq odam vabo bilan kasallangan. Qayd etilishicha, kasallanganlarning aksariyati Bag'ron, Sivari va Daichopan tumanlari aholisidir. Har ikki viloyatga ko'chma tibbiy brigadalar jo'natilgan. Agentlik ayrim fuqarolar sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilmagan holda davolanayotganligi sababli vabo o'lim bilan yakunlanganini yozgan.
Bundan tashqari, «Tolibon» tomonidan tuzilgan Sog'liqni saqlash vazirligi ham Qandahor viloyatida bir nechta infeksiya holatlari aniqlangani haqida xabar berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 12 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi
Koronavirusdan 2021-yilda ham qutulmaymiz - JSST
“Britan shtammi” 70, “Janubiy Afrika shtammi” 31 mamlakatga yetib bordi
Butun dunyo boʻyicha so‘nggi kecha-kunduzda koronavirusdan 10 mingdan ortiq bemor vafot etdi
COVID-19ga qarshi emlashdan bosh tortdi
Izohlar (0)