Bugungi vazifalarni tashkil etish orqali 2 million aholi bandligini ta'minlash hisob-kitob qilingan
Prezident raisligida videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi SHerzod Asadov xabar berdi.
Yig'ilishda aholi tomorqasida bir yilda 2-3 marta hosil olish imkonini beradigan tizim yaratishi zarurligi ko'rsatib o'tildi.
Hozirda 64 ta tumandagi aholi tomorqasida 3 marta hosil olib, bitta oila o'rtacha 60-100 million so'mgacha daromad qilayotgani ta'kidlandi. Lekin 22 ta tumanda tomorqadan foydalanish samaradorligi past.
Bu borada Bekobod tumani «Mallaboy» mahallasidagi hokim yordamchisi yo'lga qo'ygan ijobiy tajribasi haqida so'zlab berdi.
«Mana, Bekobodday og'ir tumanda hokim yordamchisi qilayotgan ishlarni eshitdik. Hamma hokim yordamchilariga topshirig'im bor. Ajratilayotgan ekin yerlarida ishsiz aholini dehqonchilikka o'rgatish orqali daromadli qilish – sizlarning eng ustuvor vazifangizdir.
Har bir gektarda 10-15 ishsizlarni band qilib, 3 marta hosil olish, urug', o'g'it, yoqilg'i va mahsulot sotib olishni yo'lga qo'ysangiz, bilasizlarmi, el-yurt oldida qanday hurmat-e'tibor topasizlar!», dedi Prezident.
Qoraqalpog'istonlik va Qashqadaryolik tomorqa egalari takliflaridan kelib chiqib, suv ta'minoti og'ir mahallalarda katta quduq qazish xarajatlari uchun ajratiladigan subsidiya miqdori 150 million so'mgacha oshiriladi.
Kichik quduqlar uchun Qoraqalpog'istonda 5 metrdan, qolgan hududlarda 10 metrdan ortiq chuqurlikning har bir metriga 100 ming so'mdan subsidiya beriladi.
Quduq qazishga gidrogeologik xulosalar 2025 yilga qadar bepul beriladi. Suv tejovchi texnologiyalar joriy etish bo'yicha beriladigan subsidiyalar dehqon xo'jaliklari uchun ham tatbiq etiladi.
Bunga, joriy yilda qo'shimcha 65 milliard so'm yo'naltiriladi.
Ushbu imkoniyatlardan foydalanib, yil yakunigacha 400 ta mahallada quduqlarni ishga tushirish va 19 ming oila tomorqasida suv ta'minotini yaxshilash topshirildi.
Umuman, bugungi vazifalarni tashkil etish orqali 2 million aholi bandligini ta'minlash hisob-kitob qilingani ta'kidlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 12 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi
Koronavirusdan 2021-yilda ham qutulmaymiz - JSST
“Britan shtammi” 70, “Janubiy Afrika shtammi” 31 mamlakatga yetib bordi
Butun dunyo boʻyicha so‘nggi kecha-kunduzda koronavirusdan 10 mingdan ortiq bemor vafot etdi
COVID-19ga qarshi emlashdan bosh tortdi
Izohlar (0)