2024/2025 o'quv yilidan boshlab bitiruvchilar uchun umumta'lim fanlari bo'yicha yakuniy davlat attestasiyasi DTM tomonidan o'tkaziladi
Prezidentning «Umumta'lim fanlari bo'yicha yakuniy davlat attestasiyasini o'tkazish va oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish tartibini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim tashkilotlari hamda kasb-hunar maktablari umumta'lim fanlari bo'yicha yakuniy davlat attestasiyasini o'tkazish hamda oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
2024/2025 o'quv yilidan boshlab ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun umumta'lim fanlari bo'yicha yakuniy davlat attestasiyasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o'tkaziladi;
bitiruvchilar uchun majburiy uchta fan – ona tili (o'zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O'zbekiston tarixi fanlarini hamda ikkitadan to'rttagacha bakalavriat ta'lim yo'nalishiga mos bo'lgan umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo'yicha test sinovi o'tkaziladi;
test sinovi natijalari bo'yicha bitiruvchilarga uch yil muddatga amal qiladigan elektron milliy sertifikat beriladi;
bitiruvchilarga shahodatnoma (yoki diplom) berishda yakuniy davlat attestasiyasida bitiruvchilarning majburiy fanlar bo'yicha test sinovi natijalari inobatga olinadi va shahodatnoma (yoki diplom)da qayd etiladi;
ta'lim dasturlarini to'liq o'zlashtirgan va o'quv fanlaridan yil davomida qoniqarli baho olgan bitiruvchilar test sinoviga qo'yiladi. Bitiruvchilar ro'yxati Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, tizimida umumta'lim muassasalari bo'lgan vazirlik va idoralar tomonidan elektron idoralararo axborot almashinuvi orqali Davlat test markazi platformasiga integrasiya qilinadi;
bitiruvchilar shahodatnoma (diplom) olishlari uchun test sinovi natijasi bo'yicha majburiy fanlardan to'planishi lozim bo'lgan minimal ball Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi;
test sinovi natijasi bo'yicha majburiy fanlardan minimal ball va undan yuqori ball to'plagan bitiruvchilar yakuniy davlat attestasiyasidan o'tgan hisoblanadi;
yil davomida test sinovini topshirib umumta'lim fanlaridan sertifikatga ega va uning balli Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilangan minimal o'tish balliga mos kelgan bitiruvchilar tegishli fanlar bo'yicha yakuniy davlat attestasiyasidan ozod etiladi;
test sinovlari har yili iyun-iyul oylarida Davlat test markazi tomonidan katta sig'imli binolarda hamda ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan uzoq hududlardagi binolarda qog'oz (yoki elektron) shaklda o'tkaziladi;
majburiy fandan minimal ball to'play olmagan, uzrli sababga ko'ra (kasalligi, oila a'zolarining vafot etgani, xalqaro sport musobaqalarida, olimpiada va ko'rik tanlovlarda ishtirok etayotgani) test sinovida qatnasha olmagan bitiruvchilarga asoslovchi hujjatlarga muvofiq yakuniy davlat attestasiyasi to'liq yakunlanganidan ikki hafta o'tgach ushbu fanlardan qayta test sinovini topshirish huquqi beriladi;
qayta test sinovi natijalari bo'yicha yetarli ball to'play olmagan bitiruvchilar barcha oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish tanlovida ishtirok eta olmaydi, ularga ta'lim tashkilotlari tomonidan tegishli ta'limni tugatgani haqida ma'lumotnoma beriladi hamda keyingi yil yakuniy davlat attestasiyasida qayta test sinovini topshirish huquqi beriladi.
Bunda, oldingi yilda ta'lim tashkilotini tugatgan, lekin yakuniy davlat attestasiyasidan o'ta olmagan bitiruvchilar, yagona interaktiv xizmatlar portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali o'zi ta'lim olgan ta'lim tashkilotiga yakuniy davlat attestasiyasidan o'tish uchun ariza bilan murojaat qiladi.
Bitiruvchilar majburiy hamda mutaxassislik fanlaridan test sinovi natijalari asosida oliy ta'lim tashkilotlariga belgilangan tartibda o'qishga qabul qilinadi.
Mazkur tartib xorijiy fuqarolar va Prezident maktablari bitiruvchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 12 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi
Koronavirusdan 2021-yilda ham qutulmaymiz - JSST
“Britan shtammi” 70, “Janubiy Afrika shtammi” 31 mamlakatga yetib bordi
Butun dunyo boʻyicha so‘nggi kecha-kunduzda koronavirusdan 10 mingdan ortiq bemor vafot etdi
COVID-19ga qarshi emlashdan bosh tortdi
Izohlar (0)