Firibgarlik
Quvasoy shahrida 2022-yilning 11-avgust kuni M.D ismli ayol telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali S.M.ni ishonchiga kirib, unga voyaga yetmagan farzandlari boʻlsa moddiy yordam berilishini aytib, buning uchun plastik karta raqamini yuborishi haqida yolgʻon xabar yuboradi.
Tegishli bank tomonidan berilgan kartasini qoʻlga kiritib, karta hisobida boʻlgan jami 1.100.000 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan yechib oladi.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «v» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)