Yoqilgʻini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tuman boʻlimi tomonidan fermer xoʻjaliklarga ajratilgan dizel yoqilgʻisini talon-toroj qilgan moddiy javobgar shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Taʼkidlanishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi 9-sonli fermerlarga yoqilgʻi tarqatish shahobchasi moddiy javobgar shaxslari oʻzlari xizmat koʻrsatuvchi “D.” va boshqa fermer xoʻjaliklari uchun “Buxoroneftbazasi” MCHJ tomonidan ajratilgan umumiy qiymati 143,8 mln soʻmlik 20,7 ming litr dizel yoqilgʻisini hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritish orqali oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)