Habib ikkita jangdan soʻng faoliyatini yakunlaydi

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov yana ikkita jang o‘tkazganidan so‘ng faoliyatini yakunlashi mumkin.
Bu haqida chempionning menejeri Ali Abdul-Aziz xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Nurmagomedov UFCda yana ikkita jang o‘tkazadi va shunday so‘ng faoliyatini yakunlaydi.
“Jastin — oddiy chorlov emas. Bu Xabib uchun yengil jang bo‘lmaydi. Mijozim otasi kasalxonada yotgan paytida ham mashg‘ulotni tashlab qo‘ygani yo‘q. Uning bosh maqsadi – 30-0. U bu vazifani uddalay oladi”, — deya Abdul-Azizning so‘zlarini keltirmoqda South China Morning Post.
Eslatib o‘tamiz, Xabib Nurmagomedov hisobida 28 ta jang bor. U bu janglarning barchasida g‘alabaga erishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Xabib Nurmagomedov jang maydoniga qaytadimi?

Nigeriya qishloqlariga jangarilar hujum qilishdi

HАQIQIY «ERKАKLАR» JАNGI

Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashovchi Stiven Tomas 220 million dollarlik bitcoin hamyoni uchun parolini yo‘qotib qo‘ydi

Joriy yilda OTMlarga kirish uchun test sinovlari beshta fandan oʻtkaziladi

Qahramon itlar
Izohlar (0)