HАQIQIY «ERKАKLАR» JАNGI

Avgust oyining oxiridan oktyabrь oyining boshigacha sirigsimon jonzot - loslar uchun ko‘payish mavsumi hisoblanadi. Bu vaqtda erkaklar tajovuzkor bo‘lishadi. Ular deyarli ovqat yemaydilar, tana vaznining uchdan bir qismiga ozishadi. Аnchayin ixchamlashib olgan «kiyovto‘ra»lar, «kelin» izlab o‘nlab, ba’zan esa yuzlab kilometrlarni bosib o‘tib, biron bir urg‘ochsini uchratish ilinjida nolali chaqiriq ovozini chiqaradilar. Ularning chinqirig‘i urg‘ochilarini befarq qoldirmaydi albatta. Lekin bu hamma losga ham nasib etavermaydi ya’ni faqat chinakkam jangda g‘olib bo‘lganlargina uylanishga muvaffaq bo‘ladilar.
Ta’kidlash kerakki, loslarning faqat erkaklarida shox bor. Shoxlarning kattaligi va shakli hayvonning yoshiga va jismoniy holatiga bog‘liq. Janglar urg‘ochilar ustidan bo‘lib o‘tadi, lekin qoida tariqasida faqat teng kuchga ega bo‘lganlargina olishishga chiqadi. Yosh kuchsiz loslar o‘ziga nisbatan baquvvat raqibni ko‘rganida oxir-oqibat yengilishini tushunib yetib qo‘rqib qochib ketishadi. Maydonda faqat o‘ziga ishonganlar qoladi. Agar raqib o‘zining kuchsizligini tan olmasa, shiddatli jang boshlanishi mumkin. Ikkita ulkan yirtqich hayvon bir-birlarini tepishadi. Jang bir soatdan ko‘proq davom yetishi mumkin.
Glazkov suratga olgan tasvirda ikki kuchli losning shoxlarini bir biriga tirkab olishgan holati aks etgan. Video tasvirni tamosha qilishga taklif etamiz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Inson hayotiga zomin bo‘lgan kiberhujum: bir necha odamni hayotdan olib ketdi: sharmandalikka dosh berolmay, o‘z joniga qasd qilganlar ham kuzatildi.

Gruziyaning o‘ziga xos urf-odatlari

Pul oʻzingniki, lekin resurslar barchaniki!

Yevropada davom etayotgan tabiat injiqliklari

Buxoro amirining xazinasi

Go‘zallik timsoli, tarjimon, san’at shaydosi Kleopatra - buyuk “Sharq kosmetologi”
Izohlar (0)