1-iyuldan pensiya va nafaqalar miqdori qanchaga oshadi?

“Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga koʻra, 2021-yil 1-iyuldan pensiya va nafaqalar oshiriladi.
Qonunchilikka koʻra, 2021-yil 1-iyuldan:
belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy etiladi.
Bunda, ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda 256 ming 675 soʻmdan 400 ming soʻmga oshiriladi.
belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 ming soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik boʻyicha pensiyalari miqdori 565 ming soʻmga yetkaziladi;
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 ming 030 soʻmdan 400 ming soʻmga yetkaziladi;
boquvchisini yoʻqotganlik:
pensiyasi oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun qoʻshimcha toʻlov joriy etiladi;
pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori 256 ming 675 soʻmdan 400 ming soʻmga oshiriladi

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Pensiya taʼminoti qanday boʻladi?
Xorijda ishlayotganlarga pensiya hisobi
Ijtimoiy nafaqa yoki moddiy yordam: aholi faqat bir turini olish huquqiga ega
BYUDJET TASHKILOTLARI XODIMLARINING OYLIGI VA STIPENDIYALAR 10%GA OSHIRILADI
Ayollarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslar
Bayden eng kam ish haqini ikki baravarga oshirmoqchi
Izohlar (0)