Pensiya taʼminoti qanday boʻladi?

2021-yil 1-iyundan boshlab, pensiyalarni tayinlashda shaxsning ish haqi va mehnat staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasi yuritilmagan davr — 2005-yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida, hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi.
Qonun loyihasi bilan uch yil va undan avval tayinlangan, qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekshirish hamda ular boʻyicha aniqlangan ortiqcha toʻlovni undirish bekor qilinmoqda.
Shuningdek, ishlovchi fuqarolar tomonidan ishlamaydigan turmush oʻrtogʻi kelgusida pensiya taʼminotiga ega boʻlishlari uchun oʻz daromadlaridan ixtiyoriy ravishda har oyda ular uchun ham ijtimoiy soliq toʻlab borish huquqi berilmoqda.
Bu oʻz navbatida, oilada bola parvarishi va boshqa yumushlar bilan band boʻlganligi yoki turmush oʻrtogʻining xohishiga asosan ishlamagan fuqaro uchun kelajakda pensiya olish imkoniyati beriladi.
Loyiha bilan pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga koʻra, doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha tayinlanishi va toʻlanishi belgilanmoqda. Bu bilan fuqarolarga doimiy yoki vaqtincha roʻyxatga olingan turar joyi boʻyicha pensiya (nafaqa) tayinlash va toʻlash uchun murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Xorijda ishlayotganlarga pensiya hisobi

Ijtimoiy nafaqa yoki moddiy yordam: aholi faqat bir turini olish huquqiga ega

NUKUS SHAHRIDA YOʻLNI TOʻSIB QOʻYGAN AYOLLARNING 591 MLN SOʻMLIK TOʻLANMAGAN ISH HAQI BUGUN TOʻLIQ BERILADI

Ichki ishlar organi xodimini xizmatdan bo‘shatish asoslari

Uchta maktabni tanlash imkoniga ega boʻladi

10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul toʻlovlari toʻlanadi
Izohlar (0)