Koronavirus: ikki nafar bemor vafot etdi
Kecha yurtimizda kasallik qayd etilganlar 500 nafardan, davolanayotgan bemorlar 3500 nafardan oshdi, ikki nafar bemor vafot etdi.
2021-yil 25-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 108730 (+546) nafarni tashkil etmoqda.
164 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 13 nafar,
Buxoro viloyatida 30 nafar,
Jizzax viloyatida 15 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 9 nafar,
Navoiy viloyatida 2 nafar,
Samarqand viloyatida 45 nafar,
Fargʻona viloyatida 16 nafar,
Xorazm viloyatida 9 nafar,
Toshkent viloyatida 41 nafar,
Toshkent shahrida 274 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 104461 (+454) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 727 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3542 nafar bemor davolanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Oʻzbekistonda bir sutkada qariyb 400 nafar fuqaroda koronavirus qayd etilib, 2 nafar bemor vafot etdi
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 600 ming kishidan oshdi
Butun dunyo boʻyicha so‘nggi kecha-kunduzda koronavirusdan 10 mingdan ortiq bemor vafot etdi
JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 12 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 7 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Mart oyida koronavirusga qarshi emlanadiganlar soni ma’lum qilindi
Izohlar (0)