“Shoʻrtanneft va gaz qazib chiqarish” zavodida yuz bergan yongʻin oqibatida bir kishi halok bo’ldi

Qayd etilishicha, bugun, 1-iyul kuni soat 13:05 da Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani “Qorakoʻl” MFY joylashgan «Shoʻrtanneft va gaz qazib chiqarish» boshqarmasiga qarashli propan-butan aralashmasini olish sexida yongʻin sodir boʻlgan.
Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda «Shoʻrtanneftgaz» MCHJ, «Shoʻrtangazkimyo» majmuasining 10 ta yongʻin qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin toʻliq bartaraf etilgan. Ammo, ushbu hodisa oqibatida korxonada faoliyat yuritgan 1 nafar fuqaro vafot etgan. Shuningdek, sexning 2 nafar ishchi-xodimi yengil tan jarohati olib, ularga ambulator tibbiy yordami koʻrsatilgan hamda uyiga javob berildi.
Yongʻinning sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Navoiydagi omborxonada yuzaga kelgan yongʻin 8,5 soatdan soʻng bartaraf etildi

Qamchiq”da benzovoz yonib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo’ldi

Jizzaxdagi “zapravkada”da Matiz va Nexia yonib ketdi

Sigir qutqarib olindi

Koʻpqavatli uyda portlash sodir boʻldi

Tilla qazuvchilar zaharlanib halok boʻlishdi
Izohlar (0)